Changʻi sporti
Changʻi sporti — qishki sport turi. Unga changʻi poygasi, tramplindan sakrash, ikki kurash (poyga va sakrash), togʻ changʻi sporti va biatlon kiradi. Changʻi sporti Norvegiyada sport turi sifatida shakllandi. 1767-yilda shu mamlakatda harbiy xizmatchilar oʻrtasida ilk musobaqa oʻtkazildi, 1843-yildan esa ommaviy musobaqalar tashkil qilina boshladi. Keyinroq changʻi sporti Yevropaning boshqa davlatlarida ham ommalashdi. 1910-yilda Xalqaro changʻi sporti komissiyasi tuzildi va changʻi sportining qoidalari tasdiqlandi. Bu komissiya 1924-yilda Xalqaro Changʻi sporti federatsiyasi (FlS)ra aylantirildi. Hozirgi kunda bu federatsiyaga 100 dan ziyod davlat (Oʻzbekiston 1993-yildan) aʼzo (2004). Changʻi sporti 1924-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi, 1925-yildan (1937-yildan ikki yilda bir marta) jahon chempionati oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda XX-asrning 70-yillaridan boshlab Changʻi sportining, asosan, togʻ sporti turini rivojlantirishga kirishildi. Respublikada 300 dan ziyod kishi Changʻi sporti bilan shugullanadi. 2 ta changʻi sportiga ixtisoslashgan sport maktabida 17 murabbiy 196 nafar bolalaroʻsmirlarga changʻi sportidan saboq berishadi (2004). Aka-singil Komil va Elmira Oʻrinboyevalar, Vladimir Yunusov kabi yetakchi changʻichilar nufuzli musobaqalarning ishtirokchilaridir.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Changʻi sporti haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |