Kontent qismiga oʻtish

Chapandoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chapandoz (fors. — teskari, chapaqay) — 1) oʻzbek va tojik musiqasida 3/4+3/8 takt oʻlchovidagi murakkab doyra usuli. Talqin usulining aksi boʻlib (teskari ijro etilishi uchun) shunday nom olgan.

2) shu nomli doyra usuli joʻrligida ijro etiladigan mumtoz kuy va ashulalar. Koʻproq hazaji musammani solim (mafoilunmafoilun...) vaznidagi gazallar bilan ijro etiladi. Ch.lar muayyan kuy va ashulaning Ch. usuliga tushirilgan varianti boʻlib, asosiy ashula yoʻli va nomi bilan qoʻshib ataladi (mac, "Chapandozi Navo", "Chapandozi Iroq"). Hozirda Ch. usuli va kuy yoʻllari talqinlaridan deyarli farq qilmaydi.