Chaqaloqlar stafilodermiyalari
Vezikulopustulyoz (stafilokokkli periporit) — ilk neonatal davrning oʻrtasida boshlanish ehtimoli boʻlgan kasallik: dumba, sonlar, tabiiy burmalar, bosh terisida avvaliga tiniq, soʻngra esa loyqa suyuqlik bilan toʻlgan, oʻlchami bir necha millimetrlargacha yuza joylashgan mayda pufakchalar paydo boʻladi[1].
Etiologiyasi va patogenezi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasallikning morfologik substrati ekkrin ter bezlari sohasidagi yalligʻlanish hisoblanadi. Kasallik odatda xavfsiz kechadi. Pufakchalar paydo boʻlgan vaqtdan 2-3 kun oʻtgach yoriladi, natijada hosil boʻlgan mayda eroziyalar yoki pigmentattsiya tushib ketgandan soʻng quruq qora qoʻtirlar bilan qoplanadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar pufak yarasi (pemfigus, piokokkli, pemfigoid) 2 shaklda: xavfsiz va xavfli kechishi mumkin. Xavfsiz shakli: eritrematoz dogʻ pufakchalari fonida va seroz-yiringli suyuqlik bilan toʻlgan kichik oʻlchamdagi (diametri 0,5-1 sm gacha) pufaklar paydo boʻlishi bilan ifodalanadi. Pufaklar rivojlanishining turli bosqichlarida boʻlishi mumkin, biroz infil’tratga aylangan asos boʻladi, pufak atrofida giperemiya dastachasi boʻladi. Odatda qorinning pastki yarmida, kindik yaqinida, oyoq- qoʻllarda tabiiy burmalarda joylashadi. Pufakchalar toshishi bir necha kun davom etishi mumkin. Nikol’skiy simptomi manfiy. Oldingi pufaklar oʻrnida yuza eroziyalar paydo boʻladi, biroq keyin qora qoʻtir hosil boʻlmaydi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning ahvoli yaxshi yoki oʻrtacha ogʻir boʻladi. Tana harorati subfebrilgacha oshishi mumkin. Kasallikning ushbu shaklida intoksikatsiya odatda kuzatilmaydi. Biroq bolalar bezovtalanishlari yoki bir oz lanjlik, tana vazniga qoʻshilishning kamayishi yoki boʻlmasligi mumkin. Oʻz vaqtida boshlangan faol davolash natijasida, 1-2 hafta oʻtgach sogʻayish yuzaga keladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar pufak yarasining xavfli shakli terida katta miqdordagi, asosan katta oʻlchamdagi — diametri 2-3sm gacha soʻlib qolgan pufaklar paydo boʻlishi bilan harakterlanadi (ularni fliktenalar deyiladi). Ayrim pufaklar orasidagi teri poʻst tashlashi mumkin. Nikol’skiy simptomi musbat boʻlishi mumkin. Bolalarning ahvoli ogʻir, intoksikatsiya belgilari yaqqol koʻrinadi. Tana harorati febrilgacha koʻtariladi. Bola sirtdan qaralganda sepsis boʻlgan kasalga oʻxshaydi. Qon klinik analizida leykotsitoz bilan neytrofilez va yosh shakllargacha siljigan, EChT oshgan va ogʻirlik darajasi har xil anemiya kasalligi, aksariyat sepsis bilan tugallaniladi. Ritterning eksfoliativ dermatiti-chaqaloqlarda stifilokokkli piodermiyalarning ogʻir shakli, uning septik varianti, deb hisoblash mumkin. ekzotoksin — eksfoliatin ishlab chiqaradigan tilla rang stafilokokkning gospital shtammlari chaqiradi. Kasallik hayotning 1- haftasi oxiri va 2- haftasi boshida teri qizarishi, namlanishi va kindik chov burmalari, ogʻiz atrofida yorilishlar hosil boʻlishidan boshlanadi. erta boshlanishi odatda kasallikning ogʻir kechishi bilan boradi. Bir necha soat ichida yorqin eritema qorin terisiga, gavdaga, oyoq — qoʻllariga tarqaladi. Keyinchalik tananing turli qismlarida soʻlgʻin pufaklar, yoriqlar paydo boʻladi, epidermis koʻchishi kuzatilib, katta eroziyalar qoldiradi. Nikol’skiy simptomi koʻpchilik bolalarda musbat. Yangi tugʻilgan bola qaynoq suvdan kuyib qolgan koʻrinishga ega boʻladi. Kasallik fonida aksariyat yiringli infeksiyaning boshqa oʻchoqlari: omfalit, otit, konʼyuktivit, pnevmoniya, enterokolit paydo boʻladi, yaʼni sepsis boshlanadi. Bemorlarning ahvoli ogʻir: bolalar koʻkrakdan yuz oʻgiradi, bezovtalanadi, intoksikatsiya belgilari yaqqol namoyon boʻladi. Kasallik febril harorat, qon analizida keskin yalligʻlanish belgilari boʻladi. Kasallik boshlanishdan 1-2 hafta oʻtgach Yangi tugʻilgan bolaning butun terisi geperemiyalangan va katta sohalarda epidermis ostida ekssudat yigʻilishi natijasida eroziyalar hosil boʻladi, eksikoz belgilari qoʻshiladi. Kasallik natijasi yaxshi boʻlganda eritematoz va eksfoliativ bosqichlar ortidan eroziv yuzalarning epitelizatsiyasi yuz beradi, bu chandiqlar yoki pigmentatsiya hosil boʻlmasdan oʻtadi. Kuygan terining stafilokokkli sindromnii (KTSS) eksfoliatin ekzotoksini ishlab chiqaruvchi II guruh stafilokokklar qoʻzgʻatadi. Koʻpchilik Xorijiy pediatrlar KTSS bilan eksfoleativ Ritter dermatiti oʻrtasida tafovut qilmaydilar[1].
Klinikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Intensiv, tarqalgan eritema boʻladi. U koʻpincha yuzdan boshlanadi va shu joy teri qoplamalarining boshqa sohalariga tarqaladi. Avvaliga koʻzlar atrofida, baʼzan yuzda shish paydo boʻladi, ular ogʻiz va burun atrofida ham joylashib, bola yuziga jahldorlik, maʼyuslik qiyofasini beradi. Qizargan teri qoʻl tekkizilganda juda sezuvchan poʻrsildoq, epidermis koʻchishi roʻy beradi, yaʼni Nikol’skiy simptomi musbat. epidermis yuzda koʻcha boshlaydi, biroq tananing boshqa sohalarida ham paydo boʻladi. Natijada donador teri soha manzarasi — „qoʻlqop“ „paypoq“ va boshqalar paydo boʻladi. Bolalarda toksikoz, bezovtalik, ishtaha yoʻqligi, isitma, suvsizlanish belgilari yuzaga kelishi mumkin. Suvsizlanish belgilari terining zararlangan qoplamalaridan koʻp suyuqlik yoʻqotilishiga bogʻliq, albatta ayni vaqtda koʻpchilik bolalarda yaqqol intoksikatsiya belgilari boʻlmaydi. Ularning tana harorati meʼyoriy boʻladi. Ular yaxshi emadi. Boshqa oʻchoqlar konʼyuktivit, omfalit, otit kabilar paydo boʻlishi mumkin. eksfoliatsiyadan keyin 2-3 kun oʻtgach ochiq sohalar quriydi va asoratsiz bitib ketadi. Baʼzan skarlatinasimon teri deskvamatsiya pufaklar hosil boʻlmay kechadi. Figner psevdofurunkulyozi — periporit kabi boshlanishi, keyinchalik jarayon butun ter bezini egallab oladigan kasallik. Toʻq — qizil rangli oʻlchami bir necha millimetrlardan 1-1,5 sm gacha boʻlib, birlamchi teri osti tugunlari paydo boʻlish mumkin. Keyinchalik tugunlar markazida yiringli suyuqlik paydo boʻladi eng koʻp joylashadigan sohalari — bosh sochli qismining terisi, boʻyinning orqa sathi, orqa dumbalar oyoq-qoʻllar terisi. Tana haroratining oshishi intoksikatsiya belgilari, mahalliy limfa tugunlarining kattalashishi, yiringli oʻchoqlarning metastaz berishi xos[1].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yangi tugʻilgan chaqaloqlar mastiti — koʻkrak va fiziologik qattiqlanish asosida boshlanadigan ogʻir kasallik. Klinik jihatdan bitta koʻkrak bezinig
kattalashib, uning infil’tratsiyasi bilan yuzaga chiqadi. Birinchi kunlari giperemiya boʻlmasligi yoki kam boʻlishi mumkin. Palpasiya ogʻriq bilan oʻtadi, bola yigʻlaydi, bezovtalanadi. Tez orada ustidagi teri giperemiyasi kuchayadi, flyuktuatsiya paydo boʻladi. Bolaning ahvoli odatda yomonlashadi, u yaxshi emmaydi, tana harorati koʻtariladi, intoksikatsiya belgilari paydo boʻladi. Koʻkrak bezining chiqaruv yoʻllaridan bosilganda yoki oʻz — oʻzidan yiringli ajralma chiqadi. Kasallik metastatik yiringli septik asoratlar bilan xafli hisoblanadi.
- Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning nekrotik flegmonasi — chaqaloqlarning eng gʻir yiringli yalligʻlanish kasalliklaridan biri boʻlib, terining kichik sohasida
odatda ushlab koʻrilganda qattiq qizil dogʻ paydo boʻlishidan boshlanadi, keyinchalik uning rivojlanishida 4 ta bosqichni farq qilish mumkin: Boshlangʻich bosqich (oʻtkir yalligʻlanish jarayoni) zararlanish oʻchogʻi bir necha soat ichida tez tarqalib, katta oʻlchamlargacha etadi. Teri osti yogʻ kletchatkasining shikastlanish sur`atlari (yiringli erish) odatda teri oʻzgarishidan ilgarilab ketadi. Teri limfatik tomirlar tarmogʻiga boyligi va keng limfatik yoriqlar borligi bunga imkon beradi.
- Alternativ — nekrotik bosqichi — kasallik boshlanishining 1-1,5 kun oʻtgach paydo boʻladi, terining shikastlangan sohalari rangli toʻq qizil — koʻkimtir tus
oladi, markazida yumshash hosil boʻladi. Ayrim hollarda teri palpasiya qilinganida shikastlangan sohaga oʻtishida „toʻqima minusi“ simptomi qayd etiladi. Koʻchib tushish bosqichi koʻchgan terining jonsizlanishi bilan oʻtadi. U olib tashlangandan keyin jarohat nuqsonlari va yiringli choʻntaklar hosil boʻladi. Reparatsiya bosqichi — granulyatsiyalar hosil boʻlishi, jarohat yuzasi epiteliylanib soʻngra chandiqlar paydo boʻladi. Koʻpchilik bolalarda kasallik odatda II bosqichda qoʻshilib ketadigan intoksikatsiya bilan kechadi. Isitma (qaltirash), qusish, dispeptik hodisalar, infeksiyaning metastatik oʻchoqlari paydo boʻlishi xos, bu mazkur hodisani sepsis, deb izohlashga imkon beradi[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Shodiyev H.Q., Ahmedov q.R.. Stafilodermiya. Toshkent: Ibn Sino — 90-bet. ISBN 5-638-00848-9.