Chaqar masjidi (Qarshi)
Chaqar masjidi | |
---|---|
Chaqar masjidi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Shahar | Qarshi |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi tugagan | XVIII asr |
Chaqar masjidi (Qarshi) |
Chaqar masjidi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Chaqar MFYda joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chaqar masjidi Qarshi shahrining Eski shahar qismida joylashgan boʻlib. Masjid XVIII asrda barpo etilgan boʻlib hozirgi kunda vayrona ahvolga kelib qolgan va Chaqar mahallasining homiyligida turadi[2]. Chaqar masjidi va Sharifboy madrasasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi 846-sonli qarori bilan milliy roʻyxatga kiritilgan edi. Biroq Sharifboy madrasasi va Chaqar masjidida taʼmirlash va restavratsiya ishlari olib borilmaganligi sababli 2022-yil Ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy muhokamalarga sabab boʻldi. Unga koʻra madrasa ahvoli avariya holatiga kelib qolgandi[3].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidga ayvondan eshiklar orqali ichkariga kirilgan. Devorlari naqshsiz, ganj bilan suvalgan boʻlib mehrob qismida marmarga oʻyilgan naqshni koʻrish mumkin. Binoning asosiy oʻrta qismida o‘ymakor ustunlar shift yogʻochlarini koʻtarib turadi, tag himoya qismi marmardan qilingan. Masjidning tashqi qismi ayvon uslubida qurilgan, ustunlar ayvonlarni koʻtarib turadi. Masjid yogʻoch ustunlariga mahorat bilan gul tasvirlari, turli xil shakllari oʻyilgan. Bunday anʼanaviylikni Buxoro meʼmorchiligida ham koʻrish mumkin[2].
Galeriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647-bet. ISBN 5-633-01899-0.
Jumanazar A. K.. Nasaf, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, Toshkent, 2007 — 204-bet.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 502-bet.
- ↑ „Ko‘zdan nari, mehrdan nari yoxud davlat muhofazasiga olingan masjid va madrasaga eʼtibor yo‘qmi?“.