Kontent qismiga oʻtish

Chaqirim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chaqirim (chaqirmoq soʻzidan) — qad. uzunlik oʻlchov birligi. Qadimdan Oʻrta Osiyoda katta masofalarni oʻlchash uchun qoʻllanib kelingan. Qiymati 1200 qadamga teng . Agar bir qadam oʻrtacha 0,75 m ekanligi hisobga olinsa, unda 1 chaqirim,1200×0,75=900 m =0,9 km ga teng . Birok 19-asr oxiridan boshlab chop etilgan adabiyotlarda 1 Ch. 1500 gaz ga teng ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Bunda gazning 0,71+0,72 m ekanligi hisobga olinsa, 1CH.=1500(0,71+0,72) = 1,065+1,08 km. Chor Rossiyasining 1894-yilda rus oʻlchov birligiga oʻtishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi chiqqan davrgacha 1ch.=0,9 km, undan keyin 1 Ch.=1,06+1,08 km ga teng boʻlgan. Hozirgi vaqtda 1 Ch. de ganda 1 km tushuniladi.[1]


90 chaqirim

  1. "Chaqirim" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil