Kontent qismiga oʻtish

Charles de Gaulle haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moskvada o‘rnatilgan Charles de Gaulle haykali ― shaharning Alekseevskiy tumanidagi Kosmos mehmonxonasi yonidagi xuddi shu nomdagi maydonda o‘rnatilgan.

Yodgorlikni yaratish to‘g‘risida qaror 2002-yilda Moskva shaharsozlik kengashining yigʻilishida qabul qilingan[1].


Yodgorlik meʼmor A. V. Kuzmin va haykaltarosh Zurab Tsereteli tomonidan yaratilgan. De Gaulle to‘liq harbiy formada tik turgan holda tasvirlangan. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi o‘zining haybati bilan hayratda qoldiradi: faqat granitdan yasalgan poydevorning balandligi 10 metrga, bronzadan yasalgan de Gaulle haykali esa 8 metrga teng. Poydevordagi lavhada rus va fransuz tillarida shunday yozilgan:

Tsereteli fikriga ko‘ra, yodgorlikning katta o‘lchami Kosmos mehmonxonasining salobatli o‘lchami bilan hamohang bo‘lishi kerak[2].

Charles de Gaulle haykali 2005-yil 9-mayda Rossiya prezidenti V. V. Putin va Fransiya prezidenti Jak Shirak tomonidan ochilgan. Marosimda fransuz Ikkinchi jahon urushi faxriylari ham ishtirok etgan.

Yodgorlik haqidagi fikrlar turlicha. Xususan, fransuz Le Figaro[3] haykaltaroshlik haqida Tsereteli ishini juda keskin baholadi.

  1. „В Москве будет памятник де Голлю. Естественно, работы Церетели“ (ru). GlobalRus.ru (2002-yil 23-sentyabr). 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyul.
  2. „В Москве открыт памятник президенту Франции генералу Шарлю де Голлю“ (ru). Lenta.ru (2009-yil 9-may). 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyul.
  3. „Как де Голль стал 'страшилой' ("Le Figaro", Франция)“ (ru). inoСМИ.Ru (2009-yil 14-may). 2013-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyul.