Charlie Goode

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charlie Goode
Goode Hendon jamoasi safida, 2015-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Charlie James Goode[1]
Tavallud sanasi 3-avgust 1995-yil (1995-08-03) (28 yosh)
Tavallud joyi Watford, Angliya
Boʻyi 6 feet 5 inches (1.96 m)[2]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2005 Watford
2005-2012 Fulham
2012-2013 Harefield United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013-2014 Hadley 4 (3)
2014 A.F.C. Hayes 12 (1)
2014-2015 Hendon 26 (2)
2015-2019 Scunthorpe United 64 (5)
2019Northampton Town (ijara) 17 (0)
2019-2020 Northampton Town 36 (3)
2020- Brentford 14 (0)
2022Sheffield United (ijara) 2 (0)
Milliy terma jamoa
2015 Angliya C 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-avgust uchun)

Charlie James Goode (1995-yil 3-avgustda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premier Liganing „Brentford“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Fulham akademiyasining bitiruvchisi Goode oʻzining faoliyatini 2015-yilda Scunthorpe United jamoasi bilan boshlagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erta faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goode oʻzining futboldagi faoliyatini hujumchi sifatida boshlaydi[3]. Oʻz shahrining „Watford“ klubidagi mashgʻulotlardan soʻng, u 10 yoshida Fulham akademiyasiga qoʻshiladi va 2012-yilda (16 yoshida) akademiyadan ketadi[3][4]. Goode Ligadan tashqari futbolga tushib qoladi va Harefield United U18 bilan bitta mavsum oʻtkazadi[5][6]. 2013 va 2015-yillar oraligʻida Hadley, AFC Hayes va Hendon jamoalari bilan katta futboldagi birinchi tajribalarini qoʻlga kiritadi[3][7]. U 2014-15-yilgi Hendon jamoasi bilan Isthmian Ligasi Premer-divizioni pley-off finaliga chiqadi va 2014-15-yilgi Isthmian Liga kubogi qoʻlga kiritadi[8][9].

Scunthorpe United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 10-iyunida Goode 1-liga klubi Scunthorpe Unitedga tekin transfer evaziga qo‘shiladi va bir yildan soʻng yana ikki yillik shartnoma imzolaydi[10]. U Glanford Parkdagi toʻrt mavsum davomida oʻzini toʻliq koʻrsata olmaydi va 2019-yil iyul oyida boshqa jamoaga ijara asosida oʻtadi[11][12]. Goode Scunthorpe United jamoasi safida jami 85 ta oʻyin oʻtkazib, oltita gol urgan edi.

Northampton Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Scunthorpe United“dagi qoniqarsiz natijasidan soʻng[12], 2019-yil 31-yanvarda Goode 2018-2019-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Northampton Townning Ikkinchi liga klubiga qo‘shiladi[13]. Mavsumning qolgan qismida u 17 ta oʻyinda maydonga tushadi va 2019-yilning 3-iyulida klub bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik doimiy shartnoma imzolaydi[14][15]. Goode 2019-2020-yilgi mavsumda jamoa sardori etib tayinlanadi va 2020-yilgi Liga 2 pley-off finalidagi gʻalaba qozonib[16][17], jamoasi bilan 1-ligaga chiqib oladi. Goode shu davrgacha jamoa safida 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan edi[18][19]. 2020-yil 18-avgust kuni Goode Northampton Townni tark etadi[20].

Brentford[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 18-avgust kuni Goode Chempionship klubi Brentford bilan nomaʼlum toʻlov evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[7][21]. Mads Bech Sørensen bilan markaziy himoya chizig‘ida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlish uchun raqobatlashayotgan[22] Goode 2020-2021-yilgi mavsumning boshlarida deyarli maydon tushirilmaydi[23]. Shuningdek, Goode mavsum oxirida toʻrtta oʻyinda maydonga tushadi, ammo Brentfordning 2021-yilgi EFL pley-off oʻyinlarida koʻrinish bermaydi[23]. Final oʻyinida ham Goode zaxira oʻrindigʻida qolib ketadi va ushbu oʻyinda uning jamoasi Swansea City ustidan qozonadi[24].


Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goode 2015-yil 1-iyun kuni Angliya U21 va Irlandiya U21 terma jamoalari oʻrtasidagi o‘rtoqlik o‘yinining ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushib, Angliya terma jamaoasidaga yagona oʻyinini oʻtkazgan[25].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goodening otasi va akasi ham futbolchi boʻlishgan[3][26]. Goode Bushey Meads maktabida oʻqigan va Ligadan tashqari futboldagi faoliyati davomida oʻz oilasining biznesida ham ishlagan[4].

Faoliyatining statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga FA kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hadley 2013-14[27] Spartan South Midlands League Premier Divizion 4 3 3 0 1 0 8 3
A.F.C. Hayes 2014-15[28] Southern League Division One Central 12 1 3 0 2 0 17 1
Hendon 2014-15[29] Isthmian League Premier Division 26 2 10 0 36 2
Scunthorpe United 2015-16[30] Birinchi liga 10 1 3 0 0 0 1 1 14 2
2016-17[31] Birinchi liga 20 0 1 0 1 0 5 0 27 0
2017-18[32] Birinchi liga 13 1 2 0 1 0 3 0 19 1
2018-19[14] Birinchi liga 21 3 1 0 1 0 2 0 25 3
Jami 64 5 7 0 3 0 11 1 85 6
Northampton Town (ijara asosida) 2018-19[14] Ikkinchi liga 17 0 17 0
Northampton Town 2019-20[17] Ikkinchi liga 36 3 5 1 0 0 4 0 45 4
Jami 53 3 5 1 0 0 4 0 62 4
Brentford 2020-21[23] Championship 8 0 1 0 3 0 0 0 12 0
2021-22[33] Premer-liga 6 0 0 0 2 0 8 0
Jami 14 0 1 0 5 0 0 0 20 0
Sheffield United (loan) 2021-22[33] Championship 2 0 0 0 2 0
Faoliyatida jami 175 14 19 1 8 0 28 1 230 16

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hendon

  • Isthmian Liga kubogi: 2014-15[8]
  • Kattalar oʻrtasidagi London kubogi: 2014-15[9]

Northampton Town

  • EFL League Two pley-off oʻyinlari: 2020[18]

Brentford

  • EFL chempionati pley-off bosqichi: 2021[24]

Individual

  • Harefield United U18 oʻyinchilari orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012-13[5]
  • Northampton Town futbolchilari orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2019-20[34]
  • Liga Two PFA da Yil jamoasi: 2019-20[35]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Retained List 2015–16“. English Football League. 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.
  2. „Charlie Goode“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Derrig. „#myjourneysofar: Charlie Goode“. Northampton Town F.C.. 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  4. 4,0 4,1 Brennan, Rob. „Charlie Goode bids farewell to Hendon and looks ahead towards life with Scunthorpe“. Kilburn Times. 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  5. 5,0 5,1 „Presentation night photos on the web“. Harefield United F.C.. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  6. „U18s players wanted“. Harefield United F.C.. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  7. 7,0 7,1 „Charlie Goode signs from Northampton Town“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  8. 8,0 8,1 „Match Report“. Greensnet – Official Hendon FC. Qaraldi: 2022-yil 30-aprel.
  9. 9,0 9,1 „Match Report“. Hendon F.C.. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  10. „Iron sign highly-rated defender Goode“. Scunthorpe United F.C.. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  11. Crute, Paul. „Charlie Goode feels he is ready to step up to the first team at Scunthorpe“. Scunthorpe Telegraph (2017-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  12. 12,0 12,1 „Charlie Goode could be close to exit door at Scunthorpe“. Grimsby Telegraph (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  13. „Northampton Town sign defender Charlie Goode“. Northampton Town F.C.. 2019-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  14. 14,0 14,1 14,2 „Games played by Charlie Goode in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
  15. „Charlie Goode signs for Northampton Town for undisclosed fee“. Northampton Town F.C.. 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  16. „Charlie Goode to be team captain, Nicky Adams will be club captain“. Northampton Town F.C.. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  17. 17,0 17,1 „Games played by Charlie Goode in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 25-iyul.
  18. 18,0 18,1 Pilnick, Brent. „Exeter City 0–4 Northampton Town“. BBC Sport (2020-yil 29-iyun). Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  19. „Charlie Goode nominated for PFA League 2 Player of the Month award“. Northampton Town F.C.. 2019-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  20. „Charlie Goode has joined Championship play off finalists Brentford for club record fee“. Northampton Town F.C.. 2020-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  21. „Northampton Town captain Goode leaves for club record fee“ (en). ITV News (2020-yil 19-avgust). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  22. „Frank looking to fix defensive frailties against Boro“. Ealing Times. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  23. 23,0 23,1 23,2 „Games played by Charlie Goode in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  24. 24,0 24,1 Vincent, Gareth. „Brentford 2–0 Swansea City“. BBC Sport (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  25. „England C pick up victory over Ireland in Galway“. The Football Association. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  26. „Ready to make a Goode impression“. Scunthorpe United F.C.. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  27. „All Competitions : Player's Appearances – Goode Charlie“. football.mitoo. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  28. „Charlie Goode – AFC Hayes 1st Team“. www.pitchero.com. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  29. „Former Staff – Charlie Goode“. Hendon F.C.. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  30. „Games played by Charlie Goode in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
  31. „Games played by Charlie Goode in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
  32. „Games played by Charlie Goode in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
  33. 33,0 33,1 „Games played by Charlie Goode in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  34. „Charlie Goode named Grosvenor Casino Player Of The Season“. Northampton Town F.C.. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  35. „De Bruyne named PFA Player of the Year“. BBC Sport. Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.