Charter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Charter (ingliz, yun. – shartnoma, varaqcha, bir parcha qog’oz) – dengiz yoki havo orqali yo’lovchi yoki yuk tashish uchun kema, samolyot egasi bilan uni yollovchi shaxs o’rtasida tegishli transport vositasi yoki uning bir qismini ma’lum reys yoki vaqtga ijaraga olish haqda tuzilgan shartnoma. Jahon amaliyotida turizm maqsadlari uchun minimal charter muddati bir hafta bo’lib, birinchi shanba kuni kechqurundan, keyingi shanba kuni ertalabgacha davom etadi. Masalan kemani ijaraga berish tushunchasi sayohatga, sayohat charteriga (yuklarni tashish shartnomasi), yoki bir muddatga ijaraga berishga (time charter) bo’linadi.