Kontent qismiga oʻtish

Charxin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Charxin — Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi shaharcha. Samarkand shahridan 15km uzoqlikda, tuman markazi (Juma shahri)dan 16km masofada. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ulugʻbek. Aholisi 18,3 ming kishi (2015). Eski Angor kanalidan suv oladi. Charxinda paxta tozalash, teri saralash zavodlari, 2 kasbhunar kolleji, umumiy taʼlim maktabi, 3 kutubxona, madaniyat uyi, aholiga xizmat koʻrsatish, tikuvchilik, poyabzal, avtomobil va mebel taʼmirlash ustaxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Kasalxona, poliklinika, 2 dorixona bor.[1]

  1. "Charxin" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil