Cheburashka (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tashqi mediafayllar

Cheburashka Cheburashka2022 yilgi rus oilaviy komediya filmi, rejissyor Dmitriy Dyachenko tomonidan zamonaviy dunyoga kirib kelayotgan Cheburashka ismli quloqli hayvon haqida. Film Eduard Uspenskiyning ekran uchun yaratilgan hikoyalari emas unda yangi personajlar va ishlanmalardan foydalanilgan. [1] Kinofilm g'oyasi 2020 yilda paydo bo'lgan, ammo suratga olish 2021 yil boshida boshlangan [2][3][4][5][6][7] .

Film premyerasi 2022-yil 23-dekabr “Oktyabr” kinoteatrida boʻlib oʻtdi [8] . Rossiyada bu filmning omma uchun katta taqdimoti 2023 yil 1 yanvarda bo'lib o'tdi [9] . Uch kun ichida film o'zining dastlabki byudjeti 850 million rublni to'ladi va keyinchalik butun Rossiya tarixidagi prokati eng yuqori daromad keltiruvchi filmga aylandi [10] va jurnalistlarning turli xil ijobiy fikrlarini oldi [11] .

Film syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Ispaniyadagi apelsin plantatsiyasida boshlanadi, fermerlar apelsinlarni yig`ib yurishar edi, yangi apelsinlarni iste'mol qilishni yaxshi ko'radigan va apelsinlarni ko'p miqdorda plantatsiyadan o'g'irlaydigan katta tukli quloqli hayvon paydo bo'ladi. Kunlar o`tib dehqonlarning toqadlari toq bo`lib, uni tutishga qaror qilishadi. Apelsin shaklidagi tuzoq yordamida ular hayvonni tutishga muvaffaq bo'lishadi. Biroq, to'satdan tornado boshlanib, hayvonchaniva o'zi bilan birga barcha apelsinlarni uchirib yuboradi, fermerlar bo`lsa qochishga muvaffaq bo'lishadi.

Ayni paytda, Rossiyaning Qora dengiz qirg'og'ida, og`ir bosiq chol Gena ( Timsoh Gena prototepi ) dendro parkida bog'bon bo'lib ishlamoqda va allaqachon katta bo`lgan qizi Tanya bilan uzoq vaqtdan beri munosabatlarini tiklashga harakat qilmoqda. U Otasini la'natlagan va uni haydab yuborgan edi, chunki onasi Lyuba vafot etganidan keyin uni xolasi bilan yashashga tashlab ketgan edi. Tanya eri Tolya, o'g'li Grisha bilan birgalikda eng mazali shokolad sotadigan mini-do'konda yashashardi. Hozir har yili o'tkaziladigan festivalga tayyorgarlik ko'rmoqda edilar. Qolaversa, Gena ayni vaqtda yanada qo‘pollashib, Rimmani (Shokolad fabrikaning prototepi qariya Shapoklyak) haqorat qilgani sababli, uni ishdan bo‘shatishlari bilan hayoti yanada og‘irlashadi. Shahar uzra Ispaniyadan olib kelingan apelsin do'li boshlanganda, apelsinlar bilan birga hayvonning o'zi ham bu shaharchaga kelib qoldi. Hayvoncha Genaning uyiga kirib, to'q sariq dubulg'ani katta apelsin deb o`ylab, uni po`stlog`ini archishga harakat qiladi va xonadagi hamma narsani sindirib tashlaydi, shundan so'ng u Genaning qo'liga tushadi. Avvaliga Gena hayvonga qarshilik ko'rsatadi va undan qutulish uchun har xil choralarni qo`llaydi, lekin vaqt o'tishi bilan unga ko'nikishni boshlaydi va ko'pchilikning oldida uni "Belarus cho'pon iti" deb ataydi.

Bir marta, Gena Tanyaning soqov o'g'li Grishaning tug'ilgan kunida uylariga tashrif buyurib, nabirasini tabriklash va qizidan o'tmish uchun kechirim so'rash uchun kelganida, hayvon ham u erga keladi. Grisha bu turdagi hayvonga ko`rib hayron qoladi, birinchi marta gapira boshlaydi. Hayvon juda aqlli bo'lib chiqadi: u bir harakatda Valeriyni shaxmat o`yinida mag`lub qiladi va Grisha tufayli rus tilida gapirishni o'rganadi. Shundan so'ng, Gena unga turli xil kitoblarni o'qishni o'rgatishni boshlaydi va shu hayvon tufayli Grisha Gena boboning oldiga borishni xohlaydigan bo`lib qoladi. Tanya otasi bilan yana gaplasha boshlaydi. Bu vaqtda Rimmaning yordamchisi Larion (prototipi - Lariska, kalamush Shapoklyak) Tanyadan oshpazlik kitobini o'g'irlaydi, Tanya eri bilan bilan birgalikda bu kitob bilan shokolod pishirib sotayotgan edi. O'g'irlik haqida bilib, Tanya shirinliklar festivalida qatnashishdan bosh tortmoqchi bo`ladi. Gena do`sti Valeriy bilan Rimmaning uyiga kelib, kitobni qaytarib berishni talab qiladi. Rimma injiq nabirasi Sonyaga juda yoqqan hayvonchani berish sharti bilan kitobni qaytarishga rozi bo`ladi.

Genaning kitob evaziga hayvonni berishdan boshqa chorasi qolmaydi. Gena yo'lda yosh Tanyani vaqtincha berishga majbur bo`lganini eslaydi. Gena retseptlar kitobini hayvonga almashtirishga va kitobni qiziga qaytarishga muvaffaq bo'ladi. Biroq, hayvoncha uni kitob evaziga berganligini bilgach, otasidan avvalgidan ko'ra nafratlana boshlaydi. Gena uzoq vaqtdan beri qilgan ishini kechira olmaydi va hayvonni Rimma uyidan olib chiqishga qaror qiladi. U uchta haqiqiy do'sti - Valeriy, Gali va farroshdan yordam so'raydi. Ular bilan birga ular Rimmaning uyiga yo'l olishdi, lekin hayvoncha uyda emas edi. Sonya uni festevalga olib boradi, Rimma osmonda hammaga salom o`rniga konfet yog`iladigan raketani portlatib uchirishni rejalashtirmoqda edi.

Kechasi, hayvon chodirlardan birida qoldirilganida, Gena yashirincha kirib, u bilan qilgan ishi uchun quloqchadan kechirim so'raydi, shundan so'ng u yoshligida nimalarga chidaganligi gapiradi. Uning ancha oldin vafot etgan rafiqasi Lyuba deltplanda uchish musobaqasida g'alaba qozonishga urinib vafot etgandi u Tanyani xuddi shunday yo'qotishdan qo'rqdi, ammo hozirda u bundan juda chuqur afsusda edi. Hayvoncha Genani kechiradi, ular yarmarkani tark etishga qaror qilishadi. Kutilmaganda, Grisha osmonga uchib ketmoqchi bo'lgan shirinliklar to`la raketa ichidan topiladi. Hayvoncha bolaga yordam berish uchun yugurib chiqib oladi va raketa portlashdan oldin u bilan birga pastga sakrab, soxta quloqlariga sirpanadi va odamlar ularni tutib olishga muvaffaq bo'lishadi.

Ertasi kuni hayvonchaning tug`ilgan kunini Genaning barcha do'stlari va qarindoshlari, Tanya, Tolya va Grisha birgalikda nishonlashadi, chunki ular hayvonchani qachon tug'ilganini aniq bilishmasdi. O`sha vaqtda hayvoncha o'zi o'ylab topgan ismini aytadi - Cheburashka, chunki u vaqti-vaqti bilan yiqilib, film davomida "chebura" so'zini baland ovozda aytardi. Rimma ham Cheburashkaning tug'ilgan kuniga keladi, u Gena va uning butun oilasidan raketa bilan sodir bo'lgan voqea uchun kechirim so'raydi. Gena Rimmani kechiradi uni stolga o'tirishga taklif qiladi, shundan so'ng u qo'lda garmonikada "Afsuski, tug'ilgan kun yiliga bir marta" qo'shig'ini ijro etishni boshlaydi.

Aktyor Rol
Сергей Гармаш Геннадий Петрович (Гена) (прототипКрокодил Гена) bog`bon Геннадий Петрович (Гена) (прототипКрокодил Гена)
Ольга Кузьмина Чебурашка (ovozlashtirish) Чебурашка (ovozlashtirish)
Елена Яковлева Римма (прототип — Старуха Шапокляк) Shokolod fabrikasi rahbari Римма (прототип — Старуха Шапокляк)
Фёдор Добронравов Валерий Завгородний Валерий Завгородний Ajabtovur hayvonlar mutahasisi, Genaning do`sti
Полина Максимова Таня Таня Grishaning onasi, Genaning qizi
Сергей Лавыгин Толя Толя Grishani otasi, Tanyaning eri
Дмитрий Лысенков Ларион Ларион Rimmaning yordamchisi (прототип — Лариска, крыса Шапокляк)
Илья Кондратенко Гриша Гриша Tanya Tolyaning o`g`li
Ева Смирнова Соня Соня Rimmaning nevarasi
Софья Зайка Галя Галя Musqaymoq va suv sotuvchisi
Наталья Щукина Наталья Николаевна Наталья Николаевна Rahbar дендрария, Genaning boshlig`i
Жаннат Керимбаев Mardikor
Оливье Сиу oshpaz
Артём Быстров Genaning yoshligi Genaning yoshligi
Марина Коняшкина Люба Люба Genaning xotini, Tanyaning oyisi
Алиса Мынай Tanya yoshligi
Арсений Фогелев Qorovul
Константин Фадеев Василий Василий Rimmaning haydovchisi






Sovrinlar va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • " Kumush kamonchi" jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish sohasidagi milliy mukofotning "Shaxs " nominatsiyasidagi mukofoti [12]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „НАПРОЛОМ.КИНО: В сети появился первый тизер-трейлер фильма“. smotrim.ru. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
  2. „Фильм Чебурашка (2022): дата выхода, трейлер, фото, актеры“ (ru). Комсомольская правда. Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  3. „Любимый герой возвращается на экраны: начались съемки фильма "Чебурашка"“ (ru). Вести.ru (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  4. „Съемки полнометражного фильма про Чебурашку начнутся в 2021 году“. TACC. Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  5. „Кто сыграет главную роль в художественном фильме про Чебурашку“. Российская газета (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  6. „Что известно про фильм «Чебурашка» с Сергеем Гармашом?“ (ru). AiF (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  7. „Гармаш сыграет крокодила Гену, а Чебурашка оживет в полнометражном фильме“ (ru). РИА Новости (20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  8. „Максимова с цветами в голове, уютная Елена Яковлева, Кузьмина с сыном: премьера фильма «Чебурашка»“. StarHit. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  9. „Премьеру семейной комедии о Чебурашке запланировали на 1 января 2023 года“. TACC. Qaraldi: 2023-yil 12-yanvar.
  10. „Мнение эксперта: российскому кинопрокату потребуется минимум 10 фильмов уровня «Чебурашки» для выхода из кризиса“ (ru). Вестник лицензионного рынка. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  11. „Рецензии на фильм «Чебурашка» (2023)“. Критиканство. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  12. Маркина, Мира „«Чебурашка» получил премию «Серебряный лучник»“. Рамблер/кино (2023-yil 4-mart). Qaraldi: 2023-yil 4-mart.