Chek list

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chek-list (tekshirishlar roʻyxati, checklists) — umumiy holda testlash uchun qaratilgan gʻoyalar toʻplamidir.

Chek-listlarni yaratishda hech qanday cheklovlar yoki toʻsiqlar yoʻq, muhimi ular ish (testlash)da yordamlashishi kerak.

Chek-listlarning xususiyatlari

  • Mantiqiylik — chek-list shunchaki tuzilmaydi, aksincha biror maqsad koʻzlanib, shu maqsadga yetishish uchun tuziladi.
  • Ketma-ketlik va tuzilmalanganlik -chek-listni koʻp bosqichli roʻyxat shaklida rasmiylashtirish kerak.
  • Toʻliqlik va yetarlilik — chek-listda keltirilgan fikrlar takrorlanmasligi va shu bilan birgalikda biror muhim gʻoya tashlab ketilmasligi kerak.