Kontent qismiga oʻtish

Chekka nuqta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chekka nuqta — ishlab turgan porshenli mashina silindrida porshenning oʻz harakat yoʻnalishini oʻzgartiradigan eng chekka holati. Porshenning tirsakli val (krivoship) dan eng uzoqlashgan holati yuqori chekka nuqta, unga eng yaqinlashgan holati pastki chekka nuqta deb ataladi. Porshen Chekka nuqtada turganida uning tezligi nolga teng boʻladi. Porshen yuqori chekka nuqta bilan pastki chekka nuqta orasida oʻtadigan masofa porshen yoʻli deb ataladi. Porshen yuqori chekka nuqta bilan pastki chekka nuqtaga siljiganda silindrda hosil boʻladigan boʻshliqqa silindrning ish hajmi deyiladi. Porshen yuqori chekka nuqtada turganida uning ustida eng kichik boʻshliq qoladi. Ana shu boʻshliq yonilgʻi yonish kamerasining hajmi deb ataladi (qarang Ichki yonuv dvigateli).