Chekli xato
Chekli Xato.Tasodifiy xatolar belgilangan miqdordan oshmasligi shart. Bu miqdor xatoning chegarasi yoki chekli xato deyiladi. Ehtimollik nazariyasiga koʻra, normal sharoitda obyektni 1000 marta oʻlchanganda 3 martasidagina tasodifiy xato qiymati yoʻl qoʻyiladigan oʻrtacha kvadratik xato qiymatidan oshishi mumkin. Shunga koʻra oʻrtacha kvadratik xatoning oʻlchangan qiymati chekli xato deb qabul qilinadi.
Hozirgi kunda oʻlchash natijalariga katta talab qoʻyilishi munosabati bilan chekli xato qilib oʻrtacha kvadratik xatoni ikkilangan miqdori qabul qilinadi. Agar oʻlchashda roʻy bergan tasodifiy xato yoʻl qoʻyiladigan eng chekka miqdorga teng yoki undan kichik boʻlsa — oʻlchash qoniqarli hisoblanadi, katta boʻlsa — oʻlchash qoniqarsiz hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |