Chelak kumush kosasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chelak kumush kosasi

Chelak kumush kosasi. Markazda hukmdor Alxon tasviri.
Material Suyak
Oʻlchami diameter 18.5 cm.
Oʻgirligi 1003 grm
Yaratilgan V asr oxiri, VI asr boshlari
Joy Samarqand, Chelak
Hozirgi joyi Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi
Roʻyxatdan oʻtishi 1961
Madaniyati Alxoniylar

Chelak kumush kosasi („Chelak kosasi“) Samarqanddan 25 kilometr shimolda, Chelak shahri yaqinida joylashgan Koʻktepa yodgorligi hududidan topilgan kumush kosa boʻlib, „eftalit sanʼatining eng mashhur namunasi“ hisoblanadi. Chelak kumush kosasi milodiy V asr oxiri, VI asrning dastlabki choragida Hindukushning janubida hukmronlik qilgan Alxon hunlariga tegishli. Alxoniylar qadimdan eftalitlar boʻlinishi davrida ajralib chiqqan qabilalardan bir boʻlib, eftaliylarning sharqiy tarmogʻi hisoblanadi. Ammo bugungi kunga kelib alohida birlik sifatida koʻrib chiqilmoqda[1][2][3].

Kashf etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1961-yilda Basileya-Chelak (Basileya qadimgi soʻgʻd shaharlaridan biri) shahar arkiga yaqin boʻlgan hovlilardan birida kavlangan quduqdan tilla uzuk va toʻrt dona kumush kosalar topilgan[4][5].

Umumuiy tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chelak kumush kosasi tarkibi kumushdan iborat. Unda eron lentalari va kalta kiyimlar kiyib olgan hind libosidagi oltita raqqosa tasvirlangan. Kosa markazida hukmdor Alxon tasviri mavjud. Ushbu kumush kosa ehtimol Hindistonda Alxoniylarning iltimosiga binoan ishlab chiqarilgan boʻlishi mumkin. Hozir Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyida saqlanadi[6][7][8].

Chelak kumush kosasining pastki qismidagi medalyonda odamning bosh suyagi choʻzilgan holatda tasvirlangan boʻlib, Alxon hunlari sanʼatiga xosdir. Ushbu bosh tasviri sosoniylar uslubida (qirollik lentalarini kiyadi va oʻng qoʻlida gul tutadi) koʻrsatilgan. Uni Mehama tangalarida ham koʻrish mumkin[9]. Chelak kosasi, ehtimoliy Vaxshunvar (milodiy 430/440-490) davriga tegishli boʻlishi mumkin.

Tashqi bezaki va ichki qismlar tasviri shunday boʻlgan kumush kosalarning umumiy uslubi Sosoniylar imperiyasining oldingi namunalaridan va Ahamoniylar imperiyasi kosalariga oʻxshaganligi sababli stilistik jihatdan „Sosoniy davriga oid“ deb qaraladi.

Luvr muzeyida namoyish etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 23-noyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida „Oʻzbekiston vohalari xazinalari. Karvon yoʻllari kesishmasida“ koʻrgazmasi ochilishi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmada monumental va dastgoh sanʼati buyumlari, devor rasmlari, dekorativ-amaliy sanʼat buyumlari bilan bir qatorda Chelak kumush kosasi ham namoyish etildi[10][11][12][13].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rezakhani, Khodadad. ReOrienting the Sasanians: East Iran in Late Antiquity (en). Edinburgh University Press, 2017 — 105–124 bet. ISBN 9781474400305. 
  2. "Note 8: It is now clear that the Hephtalites were not part of those Huns who conquered the land south of the Hindu-Kush and Sind as well in the early 6th century. In fact, this latter Hunnic group was the one commonly known as Alkhon because of the inscriptions on their coins (Vondrovec, 2008)."
  3. Rezakhani, Khodadad (2021). "From the Kushans to the Western Turks" (en). King of the Seven Climes: 207. https://www.academia.edu/32671225. 
  4. „Челак косалари Луврда намойиш этилади“. www.insonhuquqlari.uz. 2023-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  5. „Chelak kosalari luvrda namoyish etiladi“. www.yuz.uz. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  6. Brentjes, B. (1971). "The Hoard of Hephthalite Silver Vessels Found near Samarkand". East and West 21 (1/2): 77–78. ISSN 0012-8376. https://www.jstor.org/stable/29755649. 
  7. Kurbanov, Aydogdy (2014). "The hephthalites: iconographical materials". Tyragetia VIII [XXIII]: 328. http://oaji.net/articles/2017/4586-1488311404.pdf. 
  8. GRAY, BASIL (1991). "Post-Sasanian Metalwork". Bulletin of the Asia Institute 5: 61. ISSN 0890-4464. https://www.jstor.org/stable/24048285. 
  9. Bakker, Hans T.. The Alkhan: A Hunnic People in South Asia (en). Barkhuis — 24 bet. ISBN 978-94-93194-00-7. 
  10. „The splendours of Uzbekistan's oases“. www.louvre.fr. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  11. „Что представлено на выставке «Великолепие оазисов Узбекистана» в Лувре“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  12. „Выставка музейных коллекций Узбекистана в Лувре“. www.hill.uz. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  13. „Louvre Museum to present 70 unique restored Uzbek artifacts“. www.kun.uz. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]