Kontent qismiga oʻtish

Chernigov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Chernigov — Ukrainaning Chernigov viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Desna daryosining oʻng sohilidagi port. Chernigov va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 305 ming kishi (2001). Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 907 yilgi solnomada qayd etilgan. Ch. 1802-yildan Chernigov gubernyasi markazi.[1]

Yengil (kamvolmovut kombinati, junga dastlabki ishlov berish, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari), oziq-ovqat (goʻsht kombinati, sut zavodi, kandolat va makaron fabrikalari), mashinasozlik (avtomobil ehtiyot qismlari, taʼmirlashmexanika va maxsus qirqish asboblari, radio asboblari ishlab chiqariladi), kimyo ("Ximvolokno" ishlab chiqarish birlashmasi) sanoatlari mavjud. Uysozlik kombinati, musiqa asboblari (pianino), karton fabrikalari ishlab turibdi. Pedagogika instituti, 2 teatr, tarixiy, badiiy xalq dekorativ sanʼati, M.M.Kotsyubinskiy nomidagi adabiymemorial muzey faoliyat kursatadi. Tarixiymeʼmoriy qoʻrikxona. Meʼmoriy yodgorliklardan SpasPreobrajeniye (11-asr), Boris va Gleb (11-asr) soborlari. Pyatnitskiy cherkovi (11-asr oxiri — 13-asr boshlari), Lizogub uyi (1690-yillar), Yelets ansambli (17-asrda asos solingan) tarkibida Uspeniye sobori (11-asr) va Troitsa monastiri (17—18-asrlar) saqlangan.[1]

  1. 1,0 1,1 "Chernigov" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil