Kontent qismiga oʻtish

Chernobil fojiasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chernobil fojiasi
Asosiy
Turi Radiatsion avariya
Sababi Reaktorning oʻta kritik rejimga oʻtishi
Mamlakat Ukraina
Joy Chernobil
Sana 1986-yilning 26-aprel
Vaqt 1:23:47 (25-aprel 21:23 UTC)
Talofatlar
Halok boʻlganlar

50 tagacha (toʻgʻridan-toʻgʻri avariya bilan bogʻliq sabablardan);

4000 tagacha (radiatsiyaning uzoq muddatli taʼsirdan, shu jumladan taxminiy oʻlimlar ham).
Xarita
Chernobil xaritada
Chernobil
Chernobil
Chernobil fojiasi

Chernobil fojiasi (shuningdek , Chernobil AESdagi falokat, Chernobil avariyasi, Chernobil halokati yoki oddiygina Chernobil deb ham ataladi) — 1986-yilning 26-aprel kuni Ukraina SSRga qarashli Pripyat shahri yaqinida joylashgan (Ukraina SSR, hozirgi Ukraina) Chernobil AESning 4-reaktori portlashi oqibatida yuz bergan insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojialardan biri. Vayronagarchilik portlash natijasida sodir boʻlib, reaktor toʻliq vayron boʻldi va atrof-muhitga katta miqdordagi radioaktiv moddalar tarqaldi. Xalqaro AES tashkiloti Chernobil fojiasini 7 ball bilan baholab, hozirgacha yuz bergan eng yirik AES avariyalaridan biri ekanligini taʼkidlab keladi. Yana shunday falokatlardan biri 2011-yilda, Yaponiyaning Fukusima viloyatida yuz bergan edi[1]. Chernobil falokatidan soʻng, 600 mingdan ortiq ishchi portlash oqibatlarining oldini olish uchun safarbar qilinadi. Xarajatlar taxminan 18 milliard rublni tashkil qiladi. Falokat sabab halok boʻlganlarning soni 4 mingdan 93 mingacha ekanligi taxmin qilinadi. Avariya halok boʻlgan va uning oqibatlaridan jabr koʻrgan odamlarning taxminiy soni boʻyicha ham, iqtisodiy zarar nuqtai nazaridan ham atom energetikasi tarixidagi eng yirik avariya hisoblanadi.


Fojianing sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yil 25-aprel kuni Chernobil AESning 4-reaktorini nazorat qiluvchi operatorlar reaktor tajribasi oʻtkazish uchun tayyorgarlik koʻrishadi. Tajribadan asosiy maqsad quvvat manbai yoʻqolganda turbinalarni sovutib turuvchi nasoslarning qancha vaqt chiday olishini aniqlashdan iborat edi. Xuddi shu tajriba, bir yil oldin Chernobil AESda oʻtkazilgan va turbinaning quvvati juda tez tushib ketishi kuzatilgan edi. Ushbu tajribada esa yangi kuchlanish regulyatori sinovdan oʻtkazilishi kerak edi. Tajriba 26-aprel kuni erta tongdan, eksperiment operatorning tashabbusi bilan boshlanadi. Bosimning haddan tashqari koʻtarilishi natijasida ogʻirligi 1000 tonna boʻlgan reaktorning yuqori qopqogʻi ajralib chiqadi va yonilgʻi kanallari shikastlanadi. Haddan tashqari koʻp bugʻ ishlab chiqarilishi tufayli bugʻlanish butun yadroni qoplab oladi. 2-3 soniya ichida yuz bergan ikkinchi portlash issiq grafitning atrofga sochilib ketishiga olib keladi. Ikkinchi portlashga aynan nima sabab boʻlgani maʼlum boʻlmasa-da, kuchli bugʻlanish va sirkoniy aralashmasidan vujudga kelgan vodorod sababchi boʻlgani taxmin qilinadi.[2]

Mir stansiyasi uskunasidan foydalangan holda Chernobil AES atrofidagi hududning fotosurati, 1997-yil 27-aprel

Chernobil AESning 4-energoblokida portlash oqibatida, reaktor, qisman dvigatel xonasi (4-quvvat blok hududi) butunlay vayron boʻlgan. Energiya bloki binosi qisman qulab tushdi, asosiy aylanma nasoslarning operatori Valeriy Xodemchuk halok boʻldi. Turli xonalarda va uylarda yongʻin yuz berdi. Shu kuni ertalab soat 6:00 da korxona ishchisi Vladimir Shashenok olgan tan jarohatlari tufayli vafot etdi. Keyinchalik yadro qoldiqlari erigan, eritilgan metall, qum, beton va yoqilgʻi boʻlaklari aralashmasi reaktor ostidagi xonalarga tarqalib ketgan[3][4]. Avariya natijasida atrof-muhitga radioaktiv moddalar, jumladan uran, plutoniy, yod-131 (yarimparchalanish davri — 8 kun), seziy-134 (yarimparchalanish davri — 2 yil), seziy-137 (yarim yemirilish davri — 30 yil), stronsiy-90 (yarim yemirilish davri — 28,8 yil) izotoplari tarqaldi.

AES xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1986-yildagi avariyadan oldingi Chernobil AESning uch oʻlchovli modeli.

V. I. Lenin nomidagi Chernobil AES (51°23′22″N 30°05′59″E / 51.38944°N 30.09972°E / 51.38944; 30.09972 51°23′22″N 30°05′59″E / 51.38944°N 30.09972°E / 51.38944; 30.09972 51°23′22″N 30°05′59″E / 51.38944°N 30.09972°E / 51.38944; 30.09972) Ukraina hududida, Pripyat shahridan 4 km, Chernobil shahridan 15 km va Kievdan 160 km uzoqlikda joylashgan[5].

Chernobil avariyasi paytida har biri 1000 MVt (issiqlik quvvati — 3200 MVt) elektr quvvatiga ega RBMK −1000 reaktorlari (yuqori quvvatli kanal tipidagi reaktor) asosidagi toʻrtta quvvat bloki mavjud edi[5]. Yana ikkita shunga oʻxshash quvvat bloklari qurilaytogan edi..

Chernobil AES 2000-yilning 15-dekabrda butunlay toʻxtadi„#Дальнейшая судьба станции“ boʻlimiga oʻtish

Voqea sodir boʻlganidan keyingi dastlabki uch oy ichida 31 kishi halok boʻldi, 1987-yildan 2004-yilgacha yana 19 kishining oʻlimi uning bevosita oqibatlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Tozalashda ishtirok etganlardan 134 nafari turli darajadagi oʻtkir nurlanish kasalligiga chalingan. Odamlarga, asosan, favqulodda vaziyatlar xodimlari va likvidatorlar orasida yuqori darajadagi radiatsiyaning uzoq muddatli taʼsiridan toʻrt ming qoʻshimcha oʻlimga olib keldi yoki olib kelishi mumkin[6][7]. Shunga qaramay, bu raqamlar jamoatchilik fikriga koʻra Chernobil halokati qurbonlari sonidan sezilarli darajada kamroqdir[8].

Xirosima va Nagasaki portlashlaridan farqli oʻlaroq, portlash juda kuchli " iflos bomba " ga oʻxshardi — radioaktiv ifloslanish asosiy zarar etkazuvchi omil boʻldi. Yonayotgan reaktor tutuni turli xil radioaktiv moddalarni, birinchi navbatda, yod va seziy radionuklidlarini Yevropaning katta qismiga olib oʻtdi. Reaktor yaqinidagi eng katta yogʻinlar Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi va Ukrainaga tegishli[9] hududlarida qayd etilgan. Chernobil AESdan ajralib chiqqan radioktiv toʻlqin Sovetlar davlatining gʻarbiga, Qoradengiz boʻyi davlatlari va Yevropaga qadar kirib boradi. AESga yaqin boʻlgan 30 kilometr masofadagi butun aholi, yaʼni 115 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi.[7]. 1986-yildan 2000-yilga qadar Belarussiya, Rossiya va Ukrainaning jiddiy zarar koʻrgan hududlaridan 350 mingdan ortiq inson evakuatsiya qilinadi. Oqibatlarni bartaraf etish uchun katta resurslar safarbar etildi, avariya oqibatlarini bartaraf etishda 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

Chernobil avariyasi SSSR uchun katta ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega voqea edi. Bularning barchasi uning sabablarini tekshirish jarayonida maʼlum iz qoldirdi[10]. Mutaxassislar avariyaning aniq sabablari boʻyicha bir ovozdan fikrga ega emaslar, turli yadro mutaxassislarining taxminlari umumiy maʼnoda oʻxshash va favqulodda vaziyatning paydo boʻlishi va rivojlanishining oʻziga xos mexanizmlarida farq qiladi..

Berlinda Chernobil falokatidan keyin AESlar faoliyatiga qarshi tinch namoyish boʻlib oʻtmoqda. 1986-yil 1-may.

Rossiyalik mutaxassislarning hisobotlariga koʻra eng koʻp ifloslangan hudud Belarussiyaning tuproq va oʻrmonlari hisoblanadi. Bundan tashqari 2008-yilga qadar radiatsiyaga uchragan 4000 insonning 64 % foizi vafot etgani haqidagi statistika ham tasdiqlandi. „Yevropa yashillar partiyasi“ning 2006-yilgi TORCH hisobotida: AES falokati sabab sarotonga chalingan kishilar soni 60 ming atrofida boʻlishi, bulardan 30 ming kishi saroton sabab hayotdan koʻz yumishini taxmin qilgandi. Greenpeace tashkiloti esa 200 mingdan ortiq kishining saratonga chalinishi mumkinligini eʼlon qiladi. Chernobil voqealaridan keyin Sovet davlatining AESni nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari va SSSR hukumati fojiani yashirganlikda ayblandi. 80-yillarda olib borilgan „Qayta qurish“ siyosatiga qaramasdan, hukumat voqeani maxfiy tutishga uringani, fojiadan soʻng tezkor qarorlar qabul qilmaganligi halokatning kattalashuviga sabab boʻlgani iddao qilinadi.

Poʻlat qalqon. 2017

Poʻlat qalqon

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernobil AES avval amalga oshirilmagan yirik muhandislik yoʻli bilan 2016-yilda, tayyorlangan poʻlat qalqon yordamida toʻliq oʻrab chiqiladi. Kengligi 275 metr, uzunligi esa 108 metr va ogʻirligi 36 ming tonnalik poʻlat qalqon reaktorning ustini butunlay qoplaydigan shaklda bunyod qilinadi. 100 yil davomida radioaktiv nurlarni qaytarib turishga moʻljallangan bu inshoot Ukraina hukumati uchun 1,5 milliard dollarga tushadi.[11][12] Bundan tashqari reaktor ichida qolgan 150 tonnalik radioaktiv chiqindilarni tozzalash ishlari hali ham kun tartibida turibdi.[13]

Chernobil milliy muzeyi. Ukraina

Chernobil turizmi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernobil AES avariyasidan soʻng tark etilgan hudud 2011-yildan soʻng turizm uchun ochiq deb eʼlon qilinadi[14] Falokat yuz bergan hududni oʻz koʻzlari bilan koʻrishga oshiqqan minglab turistlab Chernobilga oqib kela boshlaydi. Ayni paytda ukrainalik mutaxasislarning taʼkidlashicha, yetti soatlik sayohat, tekshiruv natijasiga koʻra, inson organizmiga hech qanday taʼsir koʻrsatmagan. Shu sababli yetti soatlik sayohatdan soʻng, turist va ishchilarning Pripyat shahriga qaytib borishlari tavsiya qilinadi.[15][16].

  1. Black, Richard (12 Nisan 2011). „Fukushima: As bad as Chernobyl?“ (İngilizce). BBC. 6 Ağustos 2015 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 25-iyul 2022.
  2. www.afad.gov.tr/kbrn/cernobil-nukleer-santral-kazasi www.afad.gov.tr/kbrn/cernobil-nukleer-santral-kazasi]
  3. „Данные Курчатовского института о распределении топлива и состоянии укрытия“ (ru). www.pripyat.com. 2006-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Поведение железобетонных конструкций при аварии на ЧАЭС“ (ru). 2012-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  5. 5,0 5,1 Сивинцев 1992.
  6. „Чернобыль: истинные масштабы аварии“. www.who.int. ВОЗ (2005-yil 5-sentyabr). 2011-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
  7. 7,0 7,1 „Чернобыль между домыслами и фактами“ (ru). www.ibrae.ac.ru. ИБРАЭ РАН (2001). 2010-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-fevral.
  8. А.М.Агапов, Г.А.Новиков, Р.В.Арутюнян, Е.М.Мелихова. „Кто помог создать «чернобыльский миф»?“ (ru). www.proatom.ru (2005-yil 8-noyabr). 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-yanvar.
  9. „Наследие Чернобыля: Медицинские, экологические и социально-экономические последствия“. 2012-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-mart.
  10. Ярошинская А.. Чернобыль. 20 лет спустя. Преступление без наказания, Документальный роман. М.: Время, 2006. ISBN 5-9691-0138-9. [neavtoritetniy istochnik?]
  11. "Çernobil nükleer santrali çelik kalkanla örtülüyor". Euronews. euronews.com. 14 Kasım 2016. 1 Haziran 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 2 Temmuz 2019
  12. „Çernobil’in reaktörüne çelik kalkan“. BBC. bbc.com. 14 Kasım 2016. 1 Haziran 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 2 Temmuz 2019.
  13. Schmidt, Fabian (30 Kasım 2016). „Çernobil’e dev koruyucu kalkan“. Deutsche Welle. dw.com. 1 Haziran 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 2 Temmuz 2019.
  14. Adams, Cathy (30 Mayıs 2019). „Çernobil’i ziyaret etmek güvenli mi?“. The Independent. independentturkish.com. 1 Haziran 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 2 Temmuz 2019
  15. Nagel, Christina (27 Nisan 2010). „Çernobil turistik yer oldu“. Deutsche Welle. dw.com. 1 Haziran 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 2 Temmuz 2019.
  16. Canşen, Fulya (25 Nisan 2011). „Çernobil’i anarken“. NTV. ntv.com.tr. 1 Haziran 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 2 Temmuz 2019.

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]