Chet mamlakatda tug’ish
Rossiyada chet elliklar uchun tug’ish bilan bog’liq xarajatlari qanday?
Har yili millionlab odamlar vaqtinchalik ishga joylashish uchun Rossiyaga keladi. So’nggi yillardagi statistik ma'lumotlarga qaraganda, mamlakatning turli hududlariga ishlash uchun asosan 19 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan faol yoshlar kelmoqda. Ba'zilari hatto oilalari bilan kelishadi.
O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston va boshqa respublikalardan kelgan ayrim yosh oilalar farzand ko’radi. Va, shu bois ko’plab yangi ota-onalarni Rossiyada chet elliklar qanday sharoitlarda tug’ishi mumkinligi haqidagi savolga qiziqtiradi? Agar siz Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo’lmasangiz, tug’ish bilan bog’liq xarajatlar qanday bo’ladi?
Rossiya Federatsiyasidagi chet elliklar oilalarida farzandlarning dunyoga kelishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiyada qonuniy ravishda istiqomat qiluvchi va ishlovchi chet el fuqarolarining farzandlari yashash va ta'lim olish huquqiga egadir. Bu ular uchun Rossiya Federatsiyasidagi huquq va erkinliklarga oid qonunlar bilan belgilanadi. Rossiya hukumati Rossiyada chet el fuqarolarining oilalarini kengaytirish imkoniyatini hech bir tarzda cheklamaydi. Shunga ko’ra, chet eldan kelgan ishchilar, talabalar, sayyohlar va mehmonlar Rossiyada oila qurishlari (FXDYo idoralarida yangi nikohni ro’yxatdan o’tkazishlari), shuningdek, farzand ko’rishlari mumkin.
Rossiya Federatsiyasida chet elliklar uchun tug’ish bilan bog’liq xarajatlar qiymati
Bolalarning dunyoga kelishi maxsus tibbiy muassasalarda, tajribali shifokorlar nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga kelsak, barchaga ma'lumki, ular uchun tug’ish bepul. Turli mamlakatlardan kelgan chet el fuqarolari uchun tug’ish bilan bog’liq xarajatlar qiymati qancha ekani esa hammaga ham ma'lum emas.
Shunga oydinlik kiritamizki, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga ko’ra, tug’ruq shoshilinch va tezkor tibbiy yordam toifasiga kiritilgan. Ushbu yordam majburiy va bepul. Ya'ni, agar chet el fuqarolari darhaqiqat tug’ruq holatiga ko’ra tez yordam brigadasini chaqirsa, ularga bu yordam rad etilmaydi. Tug’ruq jarayonlari mahalliy tug’ruqxonada bepul amalga oshiriladi. Ammo ona va bolani keyingi tibbiy ko’rikdan o’tkazish va nazorat qilish bepul bo’lmaydi.
Rossiyada tug’ruqdagi chet ellik ayollarga ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar
Ona va bola Rossiyada barcha zarur tibbiy xizmatlarni bepul olishlari uchun tug’ruqdagi ayol uchun majburiy tibbiy sug’urta (majburiy tibbiy sug’urta polisi) rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Bunday hujjatni Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va YeOII mamlakatlari fuqarolari, ya'ni, shu jumladan Qirg’izistonliklar ham olishlari mumkin.
Rossiyada ona va bola boshqa tibbiy sug’urta polisi – ixtiyoriy tibbiy sug’urta polisi orqali ham zarur tibbiy tekshiruvlardan o’tishi va parvarishlanishi mumkin. Ixtiyoriy tibbiy sug’urta muayyan tibbiy xizmatlar paketi uchun to’lanadi. Shu bois, mazkur variantda Rossiyadagi O’zbekiston va Tojikistondan kelgan chet ellik ishchilarning yosh oilalari tuqqan chet ellik ayollar sug’urta bo’yicha bepul tibbiy yordam olish uchun murojaat qilishlari mumkin bo’lgan shifokorlar va tibbiyot muassasalari ro’yxatini hisobga olishlari kerak. Ushbu shartlarni Ixtiyoriy tibbiy sug’urta polisini taqdim etuvchi kompaniya bilan birdaniga muhokama qilinishi kerak.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |