Kontent qismiga oʻtish

Chetta Chevalier

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chetta Chevalier
Tavalludi
Henrietta Scerri

2 April 1901 (1901-04-02)
Vafoti 9 July 1973 (1973-07-10) (aged 72)
Malta
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi
  • Josus
  • hamshira
  • uy bekasi
Turmush oʻrtogʻi Thomas Chevalier
Otasi Emmanuel Scerri
Onasi Maria née Mamo

Genrietta Chetta Chevalier (1901-yil 2-aprel – 1973-yil 9-iyul), Rimda istiqomat qilgan ingliz millatiga mansub maltalik ayol, Ikkinchi jahon urushi paytida Vatikanda faoliyat yuritgan Monsenyor Hugh OʻFlahertyga tegishli „Rome Escape Line“ tarmogʻining muhim vakili boʻlgan. Unga tegishli Via Imperia koʻchasining uchinchi qavatidagi kvartirasi Yevropaning fashistik rejimlaridan qochgan qochqinlarini joylashtirish uchun ombor sifatida ishlatilgan. U tashkilot ichida „Mrs. M.“ nomi bilan tanilgan. Uning nom de guerresi yaʼni taxallusi u tugʻilgan Malta oroliga ishorami yo onasining qizlik familiyasimi yoki boshqa omil sababli ekanligi haqida maʼlumotlar mavjud emas.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chetta Chevalier Maltaning Sliema shahrida Emmanuel Scerri va uning rafiqasi Maria née Mamo oilasida tugʻilgan va Henrietta Scerri ismi berilgan. U Thomas Chevalierga 1920-yil 15-mayda Sliemadagi Muqaddas yurak ayollar cherkovida turmushga chiqqan. Er-xotin Rimda yashagan, u yerda janob Chevalier Britaniyaning Thomas Cook & Sons sayyohlik kompaniyasida agent boʻlib ishlagan. Bu vaqt oraligʻida ular bir nechta farzandli boʻlishgan. 1939-yilda turmush oʻrtogʻining vafoti va oʻgʻillaridan biri qamoqqa tashlanganidan soʻng, britaniyalik beva ayol Mussolinining fashistik davlatida qolib ketgan va oʻz farzandlari va keksa onasining hayot kechirishi uchun javobgar boʻlgan. OʻFlaherti tarmogʻiga yollangan Chetta Chevalier, asosan, OʻFlahertiga oʻz kvartirasini fashizmdan qochgan qochoqlar uchun yashaydigan joy va xavfsiz ombor oʻrnida foydalanishga karta-blanch sifatida bergan. Bir necha qiyinchiliklarga, jumladan uning qizlaridan biri Gemma Chevalierning yashiringaniga va Sicherheitsdienst tomonidan doimiy nazorati ostida boʻlishiga qaramay, Chevalier va uning oilasi OʻFlaherti tarmogʻi tomonidan evakuatsiya qilinmaguncha doimiy oʻlim xavfi ostida yashirin faoliyatini davom ettirgan. Evakuatsiyaga qadar oila shahar chetidagi fermada, urushning qolgan qismini yashirinib oʻtkazishgan[1][2][3][4].

1945-yilda Chetta Chevalier muhtojlarga boshpana berishdagi gʻayrioddiy saʼy-harakatlari uchun Britaniya Imperiyasi medali (BEM) bilan taqdirlangan. Uning saʼy-harakatlari urush paytida 4000 kishiga bevosita yordam koʻrsatishi bilan baholanadi[5][1][4].

Chetta Chevalier 1973-yil 9-iyulda oʻz ona yurti Maltada vafot etgan va Santa Mariya Addolorata qabristoniga dafn qilingan. Malta aviatsiya muzeyida uning sharafiga yodgorlik bogʻi barpo etilgan va 2012-yil 24-noyabrda ochilgan[6][1][2][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Debono. „Maltese escape committees and the Dodecanese setback“. Times of Malta (2014-yil 9-fevral). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Henrietta Chetta Chevalier B.E.M. - Spy, Nurse, Housewife - A Tribute“. WW2Talk (2018-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  3. Goldstein. „Vatican Intrigue: Priest Outwits Nazis“. HistoryNet (2019-yil 26-iyul). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 Dalmas. „An unsung hero of wartime“. Times of Malta (2012-yil 12-iyun). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  5. Malta Independent 3 Feb 2013
  6. Malta Aviation Museum: Henrietta Chevalier Memorial Garden