Kontent qismiga oʻtish

Childuxtaron goʻrqudugʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Childuxtaron goʻrqudugʻi Ark yelkasida joylashgan. Manbalarda bu quduq ichi pishiq gʻishtdan ishlangan boʻlib borhoboriga tigʻ qadab chiqilgan. Chuqurligi yigirma quloch keladigan quduqqa tashlangan inson tanasi to pastga tushganga qadar nimta-nimta boʻlib, kesilib tusharkan. „Qassob amir“ laqabi bilan mashhur boʻlgan Amir Nasrullo oʻz rafiqasini ikki bolasi bilan amirni zaharlagani uchun ushbu quduqqa tashlaydi. Jon talvasasida boʻlgan amirning koʻziga hattoki, oʻz farzandi ham koʻrinmaydi[1].

  1. зие.уз.