Kontent qismiga oʻtish

Chilhujra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chilhujra (fors. — qirq va hujra) — ilk oʻrta asr (4-asr oxiri — 8-asr boshi) qoʻrgʻoni. Tojikistonning Shahriston tumanining jan. joylashgan. 1961—66 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Qoʻrgʻon toʻrtburchak shaklda, atrofi qalin devor bilan oʻralgan, burchaklarida minoralari boʻlgan4. Qoʻrgʻon paxsadan tiklangan. Ch. meʼmorligida gumbaz va ravoqlardan foydalanilgan. Ch.dan devoriy rasmlar, yogʻoch haykallar, Tojikiston hududidagi eng qad. musiqa asboblari, zargarlik buyumlar topilgan. Sugʻd yozuvi bitilgan 3 ta taxtacha Ch.dan topilgan noyob yodgorlik boʻlib, u Us t rushonapa yashagan aholining tili va yozuvi toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlar beradi.