Kontent qismiga oʻtish

Chili iqtisodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chili - mamlakat iqtisodiyotining asosini mis (eksportni 40%) va oltin qazilmalari eksporti, selluloza – tayyorlash eksporti, mevalar eksporti, sabzavotlar, vino, bahq mahsulotlari eksporti va turizm tashkil etadi. YIMning 56% – xizmat koʻrsatish sektoriga, 38% – sanoatga va qurilishga, 6% – qishloq, oʻrmon xoʻjaliklari va baliqchilikka toʻgʻri keladi. Mamlakat mis mdasi va selitra zaxiralari boʻyicha dunyoda 1-oʻrin, 2-oʻrin – molibden, 3-oʻrin – oltingugurt egallagan. Mamlakatda mis mdasi (dunyodagi ishlab chiqarilishi 42%), oltin, natriy selitrasi, oltingugurt, molibden, litiy, volfram, kobalt, kumush, temir mdasi, tabiiy gaz va koʻmir olinadi. Mamlakatda ignabargli turli yogʻochlar tayyorlanadi. Chili neft va tabiiy gazni katta qismini Argentinadan oladi. Elektrquwatni 47% – Issiqlik elektr stansiya, 52% – GES beradi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: kimyo, yogʻochsozlik, selluloza-qogʻoz, toʻqimachilik, rangli va qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, mashinsozlik (avtomobillar yigʻish, elektr-texnika, kemasozlik, vagonlami yasash) va boshqalar hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun vinochilik sanoati katta ahamiyatga ega. Bu yerda kaberke, sovinoon, merlo, karmener, pino-nuar, likyorlar va desert vinolari ishlab chiqariladi. Aholi uzum, mevalar, piyoz, bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, spaija, dukaklilar, qand lavlagi, sarimsoq yetishtiradi. Bundan tashqari yirik shoxli mollami, qoʻylami, choʻchqalami, lamalarni, parrandalami, losos bahgʻini koʻpaytiradilar. Baliq va dengiz mahsulotlari ovlanadi (dimyoda 3-oʻrin). Mahalliy hunarmandchilikka: jun, ponchalar tayyorlash, alpak va lamalar junidan mahsulotlar, sambrerolar, xashak shlapalar, hayvonlaming keramik shakllarini tayyorlash, yogʻoch mahsulotlari, yopingʻichlar, gilamlar, kumush bezaklar, lazuritdan buyumlar yasash. Asosiy eksport mahsulotlari: mis, mevalar, baliq mahsulotlari, losos, selluloza, kimyoviy mahsulotlar, vino, qoʻyjuni[1]. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi[2].

Vino eksporti boʻyicha 2011-yilning yetakchi mamlakatlari (mln. Iitr)
Fransiya 1552%
Italiya 1541%
Ispaniya 901%
Chili 488%
Avstraliya 379%
AQSH 303%
  1. Dunyo mamlakatlari (o'zbek). Davr nashriyoti — 296 bet-bet. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil. 
  2. „Chili haqida“ (o'zbek). https://qomus.info/oz/encyclopedia/ch/chili/. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.