Kontent qismiga oʻtish

Chimildiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chimildiq, goʻshanga — nikoh toʻyi kuni qizning uyidagi kuyov kiradigan xonaga va kuyovning uyidagi kelin tushadigan xonaning bir burchagiga yoki uyning toʻriga tutiladigan maxsus oq parda yoki gulli choyshab. Xorazmda "koʻshana" deyiladi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarkand, Buxoro viloyatlarida Ch. dastavval (kuyov kelar kechasi) qizning otasi uyida tutilib, uning orqasiga kelinkuyovni oʻtqazadilar. Nikoh marosimlari oʻtgach, qiz kuyovnikiga olib kelinadi. Bu yerda ham Ch. tutiladi. Kuyovkelin birinchi kechani Ch. ortida oʻtkazadilar. Koʻp yerlarda toʻyning ertasi kuni Ch. olib qoʻyiladi. Ayrim joylarda maʼlum muddat ("chillasi chiqquncha") Ch. tutilgan holda turaveradi. Ilgari Ch. (oq yoki gulli mato)dan kelin birinchi farzand koʻrganda undan chaqaloqning beshigiga yopqich, yostiq, koʻrpachalarini tikishgan. U yerda qiz va yigit ilk marotaba jinsiy aloqada bo'ladi.



Ch - choyshab