Chimyon flomoidesi
Chimyon flomoidesi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Flomoides |
Oila: | Yalpizdoshlar |
Binar nomi | |
Phlomoides tschimganica |
Chimyon flomoidesi (lotincha: Phlomoides tschimganica) – ikki urugʻpallalilar sinfi, yalpizdoshlar oilasi, flomoides turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Katta Chimyon tog‘ida uchratish mumkin[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 40-50 sm gacha yetadigan koʻp yillik gulli oʻt oʻsimlik. Tugunak orqali koʻpayadi. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Ildizi uzun qalinlashgan, uchida tugunak hosil qilgan. Poyasi ikkita, tik oʻsadi, oddiy, yuzasi yashil, silliq tuksiz. Barglari keng tuxumsimon yoki nashtarsimon, chetlari tishli oʻyilgan, poyada navbatma-navbat joylashgan. Poya yuqorisidan chiqqan barglari bir juftdan qarama-qarshi oʻrnashgan, choʻziq nashtarsimon. Gullari gulbandsiz, koʻp gullari birlashib poya yuqorisida halqa hosil qiladi. Guloldi bargchalari bigizsimon qalami uzunligi 10-12 mm. Gultojibarglarining uzunligi 20 mm, och binafsharang, qoʻshilgan. Gulkosachabarglari uzunligi 12 mm, qalin yulduzsimon tuklar bilan qoplangan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Kosachabarglarining chetlari 4-5 mm uzunlikdagi oʻtkir tishlar bilan oʻralgan. Urugʻlanganidan soʻng gulqoʻrgʻoni qurib, tushib ketadi. Iyulda gullab mevasi avgustda pishib yetiladi. Mevasi tukli yongʻoq meva. Urug‘i va tugunagi orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Katta Chimyon tog‘i hududida uchraydi. Togʻ yonbagʻirlarida, soylar yaqinida, quyosh nuri tik tushmaydigan yerlarda, unumdor tuproqlarda kichik toʻplamlar hosil qilib oʻsadi. Birinchi marta 1926-yilda Katta Chimyon tog‘ida topilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Phlomoides tschimganica“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.