Chimyonsoy
Chimyonsoy | |
---|---|
Chimyonsoy va Katta Chimyon togʻi (oʻrta qismida, iyunda) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 17 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Chimyonsoy – Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi soy boʻlib, hozirgi vaqtda Chorvoq suv omboriga quyiladi. Inqilobdan oldingi va sovet rus tilidagi manbalarda „Chimganka“ nomi bilan mashhur[1][2].
Chimyonsoy vodiysida pansionatlar, bolalar oromgohlari, sil kasalligiga chalinganlar sanatoriyasi qurilgan boʻlib, u yerda togʻ changʻisi boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi[3].
Uzunligi 17 km, xavzasining maydoni 39,3 km²ni, havzasining oʻrtacha balandligi esa 1635 metrni tashkil etadi. Katta Chimyon togʻining gʻarbiy yon bagʻridan 2000 m balandlikdagi buloqdan boshlanadi. Chimyonsoy boshlanish qismida yon bagʻirlari baland darasimon tor vodiy va toshloq joydan oqib, nisbati kengroq Chimyon soyligiga chiqadi (soylikning tubi gʻovak jinslardan tarkib topgan). Chimyonsoyning Qiziljar irmogʻi qoʻshilgan tor vodiydan oqadi, uning Katta Koʻksoy va Qiziljar soy irmoqlariga koʻplab buloq suvlari quyiladi.
Chimyonsoyning oʻrtacha yillik suv sarfi 0,6—0,7 m³/sek ni tashkil etadi. Asosan, qor va yer osti suvlaridan toʻyinadi va yer osti suvlari yillik oqimning 70%ni tashkil etadi. May—iyun oylarida suvi koʻpayadi, dekabr—fevralda kamayadi. Soydan sugʻorishda foydalaniladi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chimyonsoy Katta Chimyon togʻining gʻarbiy yon bagʻirlarida, taxminan 2000 m balandlikda joylashgan. Uning yuqori oqimi Oqsoy deb ataladi. Soy Oʻnikkibuloq yoʻlidan boshlanib shimol tarafga oqadi, Chimyon manzilgohiga[4] qadar gʻarbga, undan pastroqda sharqqa qarab maʼlum qiyalikni egallaydi. Keyin vodiy biroz kengayadi, uning tubini gʻovakli jinslar hosil qiladi. Irmogʻi qoʻshilgandan keyin Qiziljar yana baland qirgʻoqli vodiyni hosil qiladi. Soy P-6 avtomagistrali bilan ikki marta kesishgan[5].
Soyning quyilish joyidan oldin P-10 magistralini kesib oʻtgan. Hozirda Yusupxona qishlogʻi yaqinidagi Chorvoq suv omboriga quyiladi.
Chimyonsoy irmoqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qiziljar va Katta koʻksoy Chimyonsoyning irmoqlari hisoblanadi (Bosh shtabning topografik xaritasida ikkinchisi quruq kanal sifatida belgilangan). Bundan tashqari, daryoga juda koʻp buloqlar quyiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Туркестанский календарь на 1904 год, Ташкент, 1914 — 52-bet.
- ↑ Якуб Колас. „Стихотворения и поэмы / Стихотворение Чимган (1943)“ (ru). unotices.com.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Чимгансай“. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
- ↑ „В Узбекистане построят самую высокую на пространстве СНГ канатную дорогу“. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
- ↑ Ташкентская область. Справочная политико-административная карта. Масштаб 1: 500 000.. Ташкент: Госкомгеодезкадастр, 2007. ISBN 978-9943-15-072-0.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |