Kontent qismiga oʻtish

Chinnixona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chinnixona — arxeologik yodgorlik; saroy. Samarqandda Choʻponota tepalitiningjan.gʻarbidajoylashgan. 15-asrning 40-yillarida Ulugʻbek rasadxonasita yaqin joyda qurilgan. Saroy devorlari chinni bilan qoplangani uchun ham Ch. deb atalgan. Ulugʻbek va olimlar shu yerda samoviy kuzatuv, ilmiy tadqiqotlardan soʻng hordiq chiqarishgan. Yodgorlikda arxeolog V.D.Jukov (1941), Oʻ. Alimov (1968) qazish ishlari olib borishgan. Binoning jan. qismida ayvon (sahni ustiga silliqlangan 25x25x4,5 sm li pishiq gʻisht terilgan), uning oldida 8 qirrali (aylanasi 1,5 m) fontan oʻrni, 6 qirrali pishiq gʻisht terilgan supacha topilgan. Oldingisidan 50 m gʻarbda aylana shakdda marmar tosh yotqizilgan 2fontan oʻrni ochilgan. Unga yer tagiga yotqizilgan sopol quvurlar orqali suv kelgan. Ch.ning peshtoqdi asosiy eshigi sayqallangan oq marmar, serpantin va boshqa togʻ jinslaridan ishlangan. Ch.dan nafis koshinli devor qoldikdari, chinni va tosh taxtachalar (birida "baxtli boʻl" yozuvi bor), rangli shishachalar, chaqa pullar topilgan.