Kontent qismiga oʻtish

Chit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chit (sanskritcha chitras — olabula) — yengil ipgazlama. Qadimdan Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida yogʻoch dastgohda paxta ipidan toʻqilgan. Hozir toʻquv stanoklarida toʻqiladigan dagal xom surp (mitkal) ni pardozlab (mayinlashtirib, ohorlab, gul bosib) olinadi. Sidirgʻa va gul bosilgan xillari boʻladi. Ch.dan ayollar, bolalar va erkaklar koʻylaklari, koʻrpakoʻrpachalar, darpardalar va boshqa mahsulotlar tikiladi.