Kontent qismiga oʻtish

Chizellash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chizellash — tuproqqa ishlov berish usullaridan biri; tuproqni yumshatish, aralashtirish, begona oʻtlar ildizini yoʻqotish vazifasini bajaradi. Ch. uchun tirkama va osma chizellar osma yoki tirkama boronalar bilan birga ishlatiladi. Tuprogʻi ogʻir, yaxob berish yoki shoʻr yuvishda haydalma qatlami zichlashib ketgan yerlarda 1—2-marta Ch. oʻtkaziladi. Chunki boronalash tuproqni kutilgan darajada yumshatish va uqalantirishga imkon bermaydi. Ch.ni yetilgan tuproq chuqurligi (12—14 sm)da koʻllash lozim. Ch.da ekishga qadar dalaga mineral oʻgʻitlar solinadigan boʻlsa, ish qurollari ish organlari orasi 25—30 sm qilib, ekish qatoriga nisbatan koʻndalang yoʻnalishda oʻrnatiladi. Ch., ayniqsa, kartoshka va boshqa ildizmevali ekinlarda yaxshi samara beradi, ularning hosiddorligi 15—20% ga oshadi.

Begona oʻtlar kup oʻsgan yerlarni Ch.da yassi (yotiq) kesmali chizel qoʻllanadi. Taroqlab yigʻilgan ildizpoyalar dala tashqarisiga chiqarilib, yoqib yuboriladi. CHIZIQ — 1) yozadigan, chizadigan yoki yuqadigan narsalar qoldirgan ingichka iz. Masalan, qalam yoki boʻr bilan chizilganda paydo boʻladigan yoʻl; 2) narsalarning chegarasini, joylashishini yoki borishini koʻrsatuvchi yoʻnalish. Masalan, reaktiv samolyot uchganda dvigatelining orqasidan chiqadigan tutun izi; 3) matematikada — sirtning ikki qoʻshni sohasidagi umumiy qism. Analitik geometriyada tekislikdagi Ch. nuqtalarning koordinatalari orasidagi tenglamalar bilan ifodalanadi. Toʻgʻri burchakli koordinatalar tizimida Ch. tenglamalarning turiga qarab ajraladi. Agar tenglama Gʻ(x, u)= 0 koʻrinishida boʻlsa, u hodda yatartiblialgebraik egri chiziq deb ataladi (bunda Gʻhx, u) — x, u ga nisbatan ldarajali koʻphad). 1tartibli Ch. toʻgʻri chiziq boʻladi. Konussimon kesim, ellipslar (shu jumladan, aylanalar), giperbolalar va parabolalar 2tartibli Ch.lar jumlasiga kiradi. Algebraik boʻlmagan Ch.larga misollar: trigonometrik funksiyalarning grafiklari, logarifmik va giperbolik funksiyalar, sikloida, gipotsikloida, epitsikloida va koxleoida.