Chjen Gi Txa
Chjen Gi Txa | |
---|---|
Tavalludi |
25-avgust 1901-yil |
Vafoti |
12-yanvar 1983-yil Bekobod, Toshkent viloyati, OʻzSSR |
Mukofotlari |
Chjen Gi Tya (1901-yil 25-avgust Shimoliy Hamgyon, Koreya – 1983-yil 12-yanvar, Toshkent viloyati Bekobod) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Budonniy nomidagi kolxoz aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[1][2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chjen Gi Tya 1901-yil 25-avgust Koreyaning Shimoliy Hamgyon viloyatida dehqon oilasida tavallud topgan. XX asrning birinchi oʻn yilligida ota-onasi bilan Rossiyaning Uzoq Sharqiga koʻchib ketgan. 1915-yilda Olginskiy tumanidagi Taudemi qishlogʻidagi oʻrta maktabning yetti sinfini tugatgan. Chjen Gi 1916-yildan Vladivostok okrugi Suchanskiy volostining Nyamxondon qishlogʻida dehqonchilik bilan shugʻullangan. 1931-yildan Nyamxondon qishlogʻidagi Bulonnovskiy tumanidagi „Yangi yoʻl“ kolxozining hisobchisi boʻlib ishlagan[3].
Chjen Gi Tya 1937-yilda O‘zbekiston SSR Toshkent viloyatidagi surgun qilingan. 1938-yildan Quyi Chirchiq viloyatidagi „Krasniy Vostok“ kolxozining gidroelektr stansiyasida qurilishi prorabi, brigada boshligʻi, chorvachilik boʻyicha rais oʻrinbosari hamda brigadir lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1946-yilda Butunittifoq Kommunistik (bolsheviklar) partiyasiga aʼzo boʻlgan.
1950-yilda Chjen Gi Tya boshchiligidagi dala jamoasi 4 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 107,1 sentnerdan yashil kanop poyasi yigʻib olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 15-oktabrdagi farmoni bilan Chjen Gi „1950-yilda kolxozlar tomonidan majburiy yetkazib berish va sugʻoriladigan yerlarda yashil kanop poyasidan yuqori hosil olgani va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kontraktatsiya qilgani“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlangan.
1952-yildan Quyi Chirchiq tumanidagi Budonniy kolxozida doʻkon mudiri hamda oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan. 1955-yildan Toshkent viloyati Bekobod tumanida oddiy kolxozchi boʻlgan.
Chjen Gi 1957-yildan Tojikistonda yashab, turli qishloq xoʻjaligi korxonalarida faoliyat yuritgan. 1966-yilda Oʻzbekiston SSRga qaytib kelgan. Bir yil Bekobod IIB qoʻriqlash boʻlimida qorovul boʻlib ishlagan.
Umrining soʻnggi yillarida Bekobodda yashagan. 1983-yil yanvar oyida vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chjen Gi Tya Sotsialistik Mehnat Qahramoni, 1951-yilda Lenin ordeni, 1953-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni hamda „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019.
- ↑ „ВЭКС. Герой Социалистического труда Чжен Ги Тхя“ (2021-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ „Чжен Ги Тхя“. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.