Kontent qismiga oʻtish

Choʻl atirguli

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Cho`l atirgulidan yoʻnaltirildi)

Choʻl atirgullari gips yoki baritning kristall klasterlaridan tashkil topgan atirgulga oʻxshash murakkab shakllanish boʻlib, ularda koʻp miqdorda qum donalari mavjud[1].

Choʻl atirguli

Rozetka kristalli odatda qurgʻoqchil qumli sharoitlarda, masalan, sayoz tuzli suv havzasining bugʻlanishidan paydo boʻladi. Kristallar yassi plitalarning dumaloq qatorini hosil qilib, toshga atirgulga oʻxshash shaklni beradi. Gips atirgullari odatda barit atirgullarga qaraganda yaxshiroq boʻlishi aniqlangan, u oʻtkirroq qirralarga ega boʻladi. Selestin va boshqa evaporit minerallari ham rozet klasterlarini hosil qilishi mumkin. Ular bitta atirgulga oʻxshash gul shaklida yoki diametri 10 santimetrgacha (4 dyuym) boʻlgan gul toʻplamlari shaklida paydo boʻlishi mumkin.

Kristal tuzilishga ega yoki kristalllarni boshqa yoʻl bilan qoplaydigan atrof-muhit qumi mahalliy muhitga qarab oʻzgaradi. Agar temir oksidlari mavjud boʻlsa, rozetlar zanglagan zargda namoyon boʻladi.

Choʻl atirgulini boshqa turli nomlar bilan ham atash mumkin: qum atirguli, Sahara atirguli, tosh atirgul, Selenit atirgul, gips atirgul va barit (baritli) atirgul.

Tabiatda tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Choʻl atirgulining namunasi, Jazoir

Qum atirgullari Tunisning janubi-gʻarbiy qismidagi Chott-el-Djerid tuzli koʻli atrofida, shuningdek, Jazoir va Gadames, Liviyaning qoʻshni hududlarida uchraydi. Mahalliy aholi ularni qazib olib, sayyohlarga esdalik sovgʻalari sifatida sotadi va mahalliy aholiga bu faoliyat barqaror daromad keltiradi. Boshqa turlari Sahroi Kabirning turli hududlarida uchraydi, ammo Tuzli koʻl atrofida qazib olingan atirgullar koʻproq jozibador boʻladi. Chunki ularning tarkibida tuzning yuqori foizi gullarni yanada kristalli va yorqin boʻlishini taʼminlaydi. Koʻproq qumdan tarkib topgan boshqa turlari esa biroz zanglagan koʻrinishda namoyon boʻladi, shuning uchun kunduzi yoki sunʼiy yorugʻlikda u qadar yorqin koʻrinmaydi. Qum atirgullari Saudiya Arabistonining Abqayq shahri yaqinida ham uchraydi.

Oklahomadagi tosh atirgullar Perm davrida, 250 million yil oldin, gʻarbiy va markaziy Oklahoma sayoz dengiz bilan qoplangan paytdan buyon shakllanib kelgan. Dengiz chekinishi bilan barit suvda choʻka boshlaydi va kvarts qumi donachalari uning atrofida kristallanadi. Bu atirgul togʻ jinsi konlarini oʻz ichiga olgan mahalliy Garber qumtoshi deb ataladigan qizgʻish qumtoshning uzoq vaqt davomida shakllanishidan vujudga keladi[2].

Tosh atirgul 1968-yilda Oklahoma shtatining rasmiy toshi sifatida tanlangan.

Odatda, choʻl atirgullarining diametri oʻn uchdan yigirma besh mm (1⁄2-1 dyuym) gacha boʻladi. Oklahoma geologik xizmati tomonidan qayd etilgan eng katta sahro atirgulining eni 43 sm (17 dyuym) va balangligi 25 sm (10 dyuym) ga teng boʻlib, ogʻirligi 57 kg (125 funt) ni tashkil etgan. Balandligi bir metr (39 dyuym) gacha va ogʻirligi 450 kg (1000 funt) dan ortiq boʻlgan atirgul jinslarining klasterlari ham topilgan.