Kontent qismiga oʻtish

Selenit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Selenit (yun. selene — Oy) — gips turi, mineral. Odatda, togʻ jinslari yoriklarida devorlarga perpendikulyar joylashgan ingichka tolasimon mineral agregatlar hosil qiladi. Uzunligi 10—15 sm gacha boʻlib, yorugʻlik nurlarini ipak singari chiroyli aks ettiradi. Turli aralashmalariga qarab rangi oq, zangori oqdan sariq va pushti ranggacha boʻladi. S. bezaktosh sifatida keng qoʻllanadi (yana qarang Gips). [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil