Kontent qismiga oʻtish

Choʻlpon sheʼrlarining roʻyxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyidagi jadval orqali Choʻlpon sheʼrlarining roʻyxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Sheʼr nomi Yozilgan yili Chop etilgan joyi Matni Mavzusi
Turkistonlik qardoshlarimizga 1914-yilda yozilgan. Sheʼr dastlab 1914-yil 18-aprel kuni Sadoyi Turkiston gazetasida bosilib chiqqan. Choʻlpon ijodida millatparvarlik ruhida yozilgan ilk sheʼr[1][2].
Qizil bayroq 1918-yilda chop etilgan sheʼr, ayrim maʼlumotlarga koʻra, 1917-yilning aprel oyida yozilgan. Dastlab Qoʻqon shahrida nashr etilgan „Hurriyat“ gazetasida, keyinchalik „Ishtirokiyun“ gazetasining 74-sonida eʼlon qilingan. Choʻlpon doʻsti Nizomiddin Asomiyga bagʻishlab yozgan.
Sharq nuri 1918-yilda yozilgan. Sheʼr 1922-yil Toshkent shahrida chop etilgan „Oʻzbek yosh shoirlari“ toʻplamidan oʻrin egallagan. Tatar inqilobchisi Mullanur Vohidovga bagʻishlangan.
Oʻzbegim 1919-yilda yozilgan. Maʼlumot mavjud emas. Sheʼr mazmunidan maʼlum.
Goʻzal 1919-yilning fevral oyida yozilgan. Choʻlponning Toshkent shahrida boʻlib turgan vaqtida yozilgan sheʼr, Ishtirokiyun gazetasining 1919-yilgi 72-sonida, shuningdek, „Oʻzbek yosh shoirlari“ toʻplamida chop etilgan. Majoziy ishq[3].
  1. „ABDULHAMID CHOʻLPONNING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR DIALEKTIKASINI MUJASSAMLASHISHI.“. 2024-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-yanvar.
  2. „Cho‘lpon“ (ru-RU). Tarix • Sinaps. Qaraldi: 2024-yil 10-yanvar.
  3. „CHO‘LPON SHE’RIYATIDA RUHIYAT MANZARALAR“. 2024-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.