Kontent qismiga oʻtish

Choʻyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Choʻyan
Temir-uglerod qotishma fazalari

Ferrit
Austenit
Sementit
Grafit

Temir-uglerod qotishma strukturalari

Ledeburit
Martensit
Perlit
Sorbit
Troostit
Beynit

Po`latlar

Konstruktsiyaviy po`lat (0,8 % gacha C)
Asbobsozlik po`lati (~2 % gacha C)
Zanglamaydigan po`lat (xrom bilan ligerlangan)
Issiqqa chidamli po`lat
Mustahkamligi yuqori po`lat

Cho`yanlar

Oq cho`yan (mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas)
Kulrang cho`yan (grafit plastina shaklida)
Bolg`alanuvchan cho`yan (grafit parchalari)
Mustahkamligi yuqori cho`yan
Yarim cho`yan (grafit va ledeburitdan iborat)

Choʻyan — har xil buyumlar (qozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Cho'yan tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqdorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Ch. legirlangan (maxsus) Cho'yan deyiladi.

Cho'yan kulrang, oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang Choyanda uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq cho'yanda uglerodning qammasi yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻe3S — sement holida, oraliq Cho'yanda esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi grafit holida boʻladi.

Kulrang cho'yan tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang cho'yan, bolgʻalanuvchan va juda puxta cho'yanlarga boʻlinadi. Oddiy kulrang cho'yanda grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolgʻalanuvchan cho'yandada — bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta cho'yanda esa shar shaklida boʻladi. Quymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Cho'yanda quymakorlik choʻyani deb ham ataladi. Oq cho'yan qayta ishlanuvchi cho'yan deyiladi, chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq cho'yanni termik ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi cho'yan hosil qilinadi. Oddiy kulrang cho'yan harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Masalan, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari ("kulrang choʻyan", ruscha "seriy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) kulrang Ch. ekanligini, 12 soni uning choʻzilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolgʻalanuvchan cho'yan BCH (KCH) harflari va ketmaket keladigan ikki son bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH (KCH) harflari ("bolgʻalanuvchan choʻyan", ruscha "kovkiy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) cho'yanning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi.

cho'yanlar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq cho'yanlardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan cho'yanlar x.am olinadi; bunday cho'yanlar tarkibida kremniy va marganets miqdori odatdagi cho'yanlardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi.

Mashinasozlikda cho'yanning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy cho'yan — tarkibida alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan Ch., u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion cho'yan — yeyilishga chidamli cho'yan, podshipniklar va boshqa ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. I yeye i qbardosh cho'yan — temperatura koʻtarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yukrri temperaturada ishlaydigan cho'yan armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh cho'yan — yuqori temperaturalarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa unga koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha temperaturada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh cho'yan — zararli muhitlar — kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan Ch.lar jumlasiga kiradi.

Magniyli cho'yan — tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda puxta) cho'yan; suyuq cho'yanga magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish yoʻli bilan cho'yan grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas cho'yan — asosi austenit boʻlgan koʻp legirlangan cho'yan; magnit kirituvchanligi juda kichik boʻladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi.

Choʻyan tova

Choʻyan — temirning uglerodli qotishmasi (C 2,14 % dan koʻp). Uglerod choʻyan tarkibida sementit va grafit koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarkibidagi grafit shakli va sementit miqdoriga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori choʻyanlar. Choʻyan moʻrt jismdir.

Choʻyan turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klassifikatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarkibidagi C miqdoriga qarab kulrang choʻyan: evtektikagacha (2,14-4,3 % C), evtiktika (4,3 %) yoki evtiktikadan soʻngi deb nomlanadi. Qotishma tarkibi material strukturasiga taʼsir koʻrsatadi.