Kontent qismiga oʻtish

Torgʻoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Cho‘l torg‘oqdan yoʻnaltirildi)

Torgʻoq, choʻl torgʻoq (Chettusia gregaria) — balchiqchilar kenja turkumining rjankalar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 32 sm gacha, ogʻirligi 190 g ga yaqin. Patlari qora, oq va sargʻish xolli koʻngʻir kulrang tusda. T. — choʻl qushi. Ilgari Rossiya, Ukraina va Qozogʻistonning choʻl mintaqalarida ancha keng tarqalgan edi. Hozirgi Shim.Sharqiy Afrika, Pokiston jan.da, Xindistonning shim.gʻarbida qishlaydi. Inini yerga yasab, 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 25 kun bosadi. Hasharotlar, baʼzan oʻsimlik urugʻlari bilan oziqlanadi. Choʻllarning oʻzlashtirilishi, chorva mollari T. uyalarini bosib ketishi sababli soni kamayib bormoqda. Oʻzbekistonda migratsiya davrida uchraydi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.