Kontent qismiga oʻtish

Ogʻirlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ogʻirlik — Yer tortish kuchi maydonida tinch turgan jismning uning erkin tushishiga toʻsqinlik qiladigan gorizontal tayanch (yoki osma) ga taʼsir kuchi. Nyutonning ikkinchi qonuniga koʻra (qarang Nyutonning mexanika qonunlari), jismning vazni P=m(g — a) =F(h — a/g), bunda: t — jism massasi, g — erkin tushish tezlanishi, a — tashqi kuchlar taʼsirida jism erishgan tezlanishi, Gʻ — tortishish kuchi va Yerning sutkalik aylanishi tufayli hosil boʻluvchi kuchning geometrik yigʻindisidan iborat ogʻirlik kuchi, a =0 boʻlganda vazn ogʻirlik kuchiga teng , g=a boʻlganda vazn nolga teng boʻladi, yaʼni vaznsizlik holati yuzaga keladi. Vazn — oʻzgaruvchan kattalik, u joyning geografik kengligiga boglik (qutbda u ekvatordagiga qaraganda kattaroq qiymatga ega boʻladi). Jismning ekvatordagi vazni qutbdagi vazniga qaraganda 1/288 marta kichik. Vazn va massa har xil fizik kattalik. Vazn jism harakteristikasi boʻla olmaydi. Jismning harakteristikasi — bu uning massasidir. Xalqaro birliklar tizimi SI da vazn ogʻirlik kuch birligi nyuton (N)da, massa — massa birligi kilogramm (kg) da oʻlchanadi [1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil