Cho‘qintirgan ota kokteyli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Choʻqintirgan ota kokteyli 1972-yillar

Choʻqintirgan ota kokteyli (inglizcha: Godfather) — skotch va amarettodan tashkil topgan spirtli kokteyl. Bu „Choʻqintirgan ona“ kokteylining „yaqin qarindoshi“. Xalqaro barmenlar assotsiatsiyasining (IBA) „Zamonaviy klassik“ toifasidagi (inglizcha: Contemporary classics) rasmiy kokteyllaridan biri[1].

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shotlandiya viskisi 35 ml;
  • Amaretto 35 ml;
  • Muz.

Old feshn bokali muz bilan toʻldiriladi, viski va bodom likyori quyiladi, undan keyin kokteyl ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpgina holatlardagidek, bu kokteylning ham aniq kelib chiqishi nomaʼlum. U xuddi shu nomdagi film chiqishidan biroz oldin mashhur boʻldi. Afsonaga koʻra, „Choʻqintirgan ota“ kino dostonida asosiy rollardan birini oʻynagan taniqli kino aktyori Marlon Brando bu kokteylni boshqalardan afzal koʻrgan. Bundan tashqari, ehtimol, bu kokteyl shunday nomlanishiga sabab, unga italyan amaretto likyori qoʻshilgani uchundir.

Turli variantlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Disaronno 1:2 amaretto va viski nisbatini tavsiya qiladi, yaʼni 25 ml amaretto va 50 ml viski[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Коктейль «Крёстный отец»“. Рецепт и способ приготовления. drinkit.guru. 2016-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 марта 2017 года.
  2. „Сайт Международной ассоциации барменов“ (en). коктейли Современная классика. iba-world.com. 2017-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 марта 2017 года.
  3. „Disaronno » GODFATHER“. web.archive.org (2013-yil 31-may). 2013-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]