Cho Yong-hyung
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Cho Yong-Hyung | ||
Tavallud sanasi | 3-noyabr 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Incheon, Janubiy Koreya | ||
Boʻyi | 1.82 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Himoyacgi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Jeju United | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2006 | Bucheon SK / Jeju United | 47 | (0) |
2007 | Gyeongnam FC | 0 | (0) |
2007 | Seongnam Ilhwa Chunma | 18 | (0) |
2008—2010 | Jeju United | 57 | (1) |
2010—2014 | Al Rayyan | 80 | (2) |
2014—2015 | Al Shamal | 12 | (2) |
2015—2016 | Shijiazhuang Ever Bright | 52 | (2) |
2017—2018 | Jeju United | 33 | (0) |
2019 | Jeju United | 5 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008—2012 | Janubiy Koreya | 42 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2020-yil 4-yanvar uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2012-yil 31-may uchun) |
Cho Yong-Hyung (talaffuzi: Cho Yon Hyon) (1983-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi. U oʻzining ampula tanlamasligi bilan mashhur, chunki u maydonning har ikki tomonida toʻliq harakat qila oladi.
Cho Yong-Hyung K-ligada oʻzining pozitsiasini munosib himoya qila olishi va hujumlarni tashkil etish bilan maqtovga sazovor[1]. Cho Xong Myung-Bo vorisi sifatida qabul qilingan. Janubiy Koreyaning toʻrtta futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan afsonaviy markaziy yarim himoyachisi[2].
Klubdagi fafoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]K-liga
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cho 2005-yilgi mavsumda Bucheon SK safida debyut qilgan, oʻshanda u muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng K-liganing eng yaxshi XI tarkibiga kiritilgan. 2006-yilgi mavsumda u Jeju Unitedga oʻtgandan soʻng klubda oʻzining eng yaxshi oʻyinlarini koʻrsatgan. 2007-yilda u chempionatdagi gʻalabalar boʻyicha K-liganing eng muvaffaqiyatli klubi boʻlgan Seongnam Ilhwa Chunmada bir mavsum ijara asosida oʻtkazgan va 2008-yilgi mavsumda Jeju Unitedga qaytgan va xozir ham klub esafida oʻynashda davom etmoqda.
Premier-liga
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda Yevropaning Choga qiziqishi ortgani taʼkidlangan. Angliya premer-ligasining " Aston Villa ", „Fulxem“ va "Nyukasl United" klublari unga qiziqish bildirishgan va 2010-yilning yozida jahon chempionatidan soʻng uni oʻz jamoalariga qoʻshib olishni reja qilishgan[3].
Qatar Yulduzlar Ligasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cho 2010-yilgi jahon chempionati tugaganidan so‘ng Qatar Yulduzlar ligasiga „Al-Rayyan“ sport klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Cho 2011—2012-yilgi mavsum oxirigacha oʻynashi kerak edi[4]. 2011—2012-yilgi mavsum tugaganidan soʻng, Cho shartnomani yana bir yilga uzaytirgan, bu esa uni Qatar klubida 2012—2013-yilgi mavsum oxirigacha qolishini taʼminlagan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cho Janubiy Koreya terma jamoasi safida ilk bor 2008-yilning 30-yanvarida Chiliga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[5]. Cho 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida eng yaxshi himoyachi deb topilgan[6]. 2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasi safida oʻynagan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxsiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]K-liganing eng yaxshi oʻyinchisi: 2005-yilSharqiy Osiyo futbol chempionatining eng yaxshi himoyachisi: 2010-yil
Jamoa unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al Rayyan: Shayx Jassim kubogi : 2012, 2013
Qatar valiahd shahzodasi kubogi: 2012-yil
Qatar Amir kubogi: 2011, 2013
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Liga | Kubok | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |
Janubiy Koreya | Liga | FA Kubogi | K-Liga Kubogi | Osiyo | Jami | ||||||||
2005 | Bucheon SK
Jeju United |
K Liga 1 | 22 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 | - | 34 | 0 | ||
2006 | 25 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | - | 35 | 0 | ||||
2007 | Seongnam Ilhwa Chunma | 18 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 24 | 0 | ||
2008 | Jeju United | 24 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | - | 32 | 0 | |||
2009 | 19 | 1 | 2 | 0 | 4 | 0 | - | 25 | 1 | ||||
2010 | 14 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | 16 | 0 | ||||
Qatar | Liga | Amir Kubogi | Shayx Jassim kubogi | Osiyo | Jami | ||||||||
2010-11 | Al Rayyan | Qatar Yulduzlar Ligasi | 20 | 0 | 4 | 0 | 24 | 0 | |||||
2011-12 | 21 | 1 | 21 | 1 | |||||||||
2012-13 | 20 | 1 | 4 | 0 | 24 | 1 | |||||||
Davlat | Janubiy Koreya | 122 | 1 | 5 | 0 | 35 | 0 | 4 | 0 | 166 | 1 | ||
Qatar | 61 | 2 | 8 | 0 | 69 | 2 | |||||||
Jami | 183 | 3 | 5 | 0 | 35 | 0 | 12 | 0 | 235 | 3 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Cho Yong-Hyung: South Korea's defensive everyman“. CBC.ca (2010-yil 9-iyun).
- ↑ „2010 FIFA World Cup South Africa Players“. FIFA. 2010-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „South Korea defender Cho Yong-hyung wanted by Aston Villa | Premiership News | tribalfootball.com“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-iyul.
- ↑ „Al Rayyan capture Cho“. FIFA.com. 2010-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyun.
- ↑ Saaid, Hamdan. „International Friendly Matches 2008“. RSSSF (2009-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 31-avgust.
- ↑ „East Asian Football Federation“. EAFF. Qaraldi: 2010-yil 2-iyul.