Kontent qismiga oʻtish

Chodak

Koordinatalari: 40°56′59″N 70°46′06″E / 40.94972°N 70.76833°E / 40.94972; 70.76833
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chodak
ruscha: Чодак
Shaharcha

[[Fayl:Chodak qishlogʻi.jpg

Chodak qishlog'ining tabiati Namangan viloyati Pop tumani Chodak QFY
|250px]]
40°56′59″N 70°46′06″E / 40.94972°N 70.76833°E / 40.94972; 70.76833
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Pop tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Chodak ruscha: Чодак xaritada
Chodak ruscha: Чодак
Chodak
ruscha: Чодак

Chodak (ruscha: Чодак) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan qishloq. Chodakning yuqori qismida joylashgan Guliston mahallasida koʻpgina turistik va togʻ koʻngilochar manzillari joylashgan[1].

Chodak qishlogʻi tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Namanganning eng keksa qishloqlaridan biridir. Chodak nomining tarixi Qamchiq dovoni yaqinida joylashganligi sababli „joyitag“ nomidan olingan. Qishloqda Islomiy va zardushtiylikka oid bir necha manzilgoh va qadimiy obidalar mavjud[2]. Chodak qishlogʻida Namangan viloyatidagi qadimiy masjidlardan biri joylashgan[3].

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 244-sonli qarori boʻyicha Chodak qishlogʻida turistik zonani shakllantirish, uni rivojlantirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi[4][5][6]. Bugungi kunda Chodak qishlogʻida 35 mingdan ortiq kishi istiqomat qiladi, aholisi asosan tojiklar. Chodak qishlog'i Namangan viloyatidagi eng katta tuman hisoblanmish Pop tumanining uchdan bir qismini egallagan boʻlib aholisi juda zich joylashgan.

Turistik manzillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Chir-Chir Momo" yoxud "Onalar ko'z yoshi" ziyoratgohi: Chodak qishlog'ining qadimiy turistik zonalaridan biri. Bu yerlik mahalliy aholining an'analariga ko'ra, kelin-kuyov to'yi kuni ushbu joyga ziyoratga keladi va qoyatoshlardan oqib, sharsharadek yo'l hosil qilayotgan suvdan ta'tib ko'radi. Oqib tushayotgan suvning deyarli barchasi Chodakni suv bilan ta'minlab turadigan asosiy soy - Chodaksoyga oqib tushadi va ushbu hududda baliqlar uchun joy ham ajratilgan.

Chodakda keng qoʻllaniladigan modifikatsiya qilingan „Ural“ mototsikli

"Guliston" qishlog'i: Yaqin yillar oralig'ida tashkil etilgan va tez orada judayam ko'plab mehmonlarni o'z bag'riga sig'dira olgan ko'ngilochar hududlardan biri. Bu yerda joylashgan shishali osma ko'prik O'zbekistonda yagona hisoblanadi. Ushbu shishali osma ko'prik ikki tog' bag'rida bo'lib, ularni bir-biriga birlashtirib turadi.

"Chodak-Kosmos" dam olish maskani: Xususiy korxona tomonidan ochilgan ushbu turistik hudud Chodak qishlog'ini o'rab turadigan qirlar cho'qqisida barpo etilgan. Ochilgan yilidan boshlab, shu paytgacha turli xil ko'ngilochar dasturlar tashkil etilgan hamda mahalliy aholining deyarli barchasi ushbu konsertlarga qamrab olingan.