Kontent qismiga oʻtish

Chokar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chokar — ilk oʻrta asrlar (4—8-asrlar) da qishloqning yirik mulkdor—dehqonlarning istehkomli qoʻrgʻonlari va mulklarini qoʻriklash va ularni tashqi hujumlardan muhofaza etish uchun tuzilgan yollanma qurolli otryad (guruh)Ch.lar guruhi 30—40, 50—100 va undan ortiq harbiy navkarlardan iborat boʻlgan. Ular qilich, qalqon, nayza hamda kamon va sadoq toʻla oʻklar bilan qurollangan. Chlar dehqon koʻrgʻonlariga yaqin yoki shahar girdida bino qilingan istehkomlarda yashaganlar. Bunday istehkomlar Chokardiza deb yuritilgan. Toshkentning Chaqar va Samarqandning Chokardiza kabi mahallalari ilk oʻrta asrlarda Ch.lar joylashtirilgan qarorgoxlarning oʻrni boʻlgan. Ch.lar baquvvat va abjir hamda oʻz valinemaʼtiga sadoqatli oʻspirinlardan tanlab olingan. Bunday sadoqetli va jangovar Ch.lar bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarida dushmanga qarshi qarbiy yurishlarda qatnashar, osoyishtalik zamonda esa ularga suyanib qishloqning ziroatkoq ahrlisi ustidan oʻz xukmronligini oʻrnatishga harakat qilgan.[1] Boshqa vaqtlarda ular dehqon xo'jaliklaridagi tartibga qarab turgan.

  1. "Chokar" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Muhammadjonov A., Oʻzbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha), T., 2004.