Kontent qismiga oʻtish

Chol Gala masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Chol Gala masjidi (ozarbayjoncha: Çöl Qala məscidi, ayrim manbalarda Chol Qalʼa masjidi deb ham beriladi) — Ozarbayjonning Shusha shahrida, Bokudan 350 km janubi-gʻarbda joylashgan Ozarbayjon masjidi. Shahar 1992-yil 8-mayda arman kuchlari tomonidan qoʻlga kiritiladi, 2020-yil 8-noyabrda esa Ozarbayjon tomonidan qaytarib olinadi[1].

Umumiy tasnifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chol Gala masjidi Shusha shahrining Chol Gala mahallasining G. Zakir ko‘chasida joylashgan masjid hisoblanadi[2]. Chol Gala mahallasi Shushaning 9-quyi va oldingi mahallalaridan biridir. Shusha shahrida hammasi boʻlib 17 ta asosiy mahallalar mavjud. Chol Gala masjidi XIX asr oxiriga kelib, Shushada faoliyat ko‘rsatgan 17-masjiddan biri hisoblanadi[3]. Dastlab masjidning minoralari mavjud boʻlmagan, uning tashqi dizayni toʻrtburchaklar shaklida boʻlgan mahalla masjidi binosining ichki qismi Islom dini meʼmorchiligiga toʻliq mos keladi. Masjidda, shuningdek, namozxona ham mavjud boʻlgan[4]. Masjid yonidagi Chol Gala bulog‘i mahallani Shushaning mashhur mineral suvi bilan taʼminlagan. Masjid Shusha davlat tarixiy arxitektura qoʻriqxonasining eng qimmat yodgorliklaridan biri hisoblangan[5].  

  1. „Shusha State Historical & Architectural Reserve“. 2010-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-avgust.
  2. „Ministry of Tourism - Chol Gala mosque“. Qaraldi: 2010-yil 19-avgust.
  3. „ŞUŞA HƏSRƏTİ“. 2010-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-avgust.
  4. „Shusha State Historical & Architectural Reserve“. 2010-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-avgust.„Shusha State Historical & Architectural Reserve“. Archived from the original on 4 October 2010. Retrieved 19 August 2010.
  5. „MIDDLE AGES GARABAGH MONUMENTS“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-avgust.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]