Kontent qismiga oʻtish

Choliqushi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Choliqushi
Asl nomi Çalıkuşu
Muallif(lar) Reşat Nuri Güntekin
Tarjimon(lar) Mirzakalon Ismoiliy
Til turkcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1922
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1968
1988
Sahifalar soni 420 (1968)
395 (1988)
ISBN ISBN 5-635-00038-X 1988

Choliqushi“ (turkcha: Çalıkuşu) – turk yozuvchisi Reşat Nuri Güntekin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1922-yil chop etilgan. Asarda yosh oʻqituvchi Farida va uning Komronga boʻlgan muhabbati haqida hikoya qilinadi.

Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta nashr qilingan.

1966-yil „Choliqushi“ asosida film suratga olingan. 1986- hamda 2013-yillarda esa asar asosida teleserial olingan. 1986-yilgi serial „Oʻzbektelefilm“ kinostudiyasida oʻzbek tiliga dublyaj qilingan.

Romandagi voqealar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarning bosh qahramoni Feride ota-onasining vafotidan soʻng, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Feride oʻz xolasining oʻgʻli Kamronni sevib qoladi. Kamron ham uni sevadi, ammo oilaviy sharoitga koʻra ular birga boʻla olmaydilar. Feride oʻqituvchi boʻlib ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi. Asar soʻnggida ikki yosh nihoyat bir-biriga yetishadi.

  • Farida (Choliqushi) (turkcha: Feride (Çalıkuşu)) — bosh qahramon
  • Komron (turkcha: Kâmran) — Faridaning sevgilisi
  • Basima (turkcha: Besime) — Faridaning xolasi, Komronning onasi
  • Mujgon (turkcha: Müjgan) — Faridaning xolavachchasi
  • Oysha (turkcha: Ayşe) — Faridaning xolasi, Mujgonning onasi
  • Munisa (turkcha: Munise) — Faridaning boqib olgan qizi
  • Xayrullo (turkcha: Hayrullah) — yoshi keksa doktor
  • Sayfuddin (turkcha: Seyfettin) — Komronning otasi

Oʻzbekcha nashr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta, jumlaldan, 1968- hamda 1988-[1] yillarda chop etilgan. Mazkur nashrlar Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Roman oxirida Miad Hakimov soʻngsoʻzi keltirilgan.

  1. „Choliqushi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-noyabr.