Kontent qismiga oʻtish

Choriqulboy Pirnafasboy oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Choriqulboy Pirnafasboy oʻgʻli (1847, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qoqishtuvon qishlogʻi — 1934, Chorjoʻy viloyatidagi Dargʻonota shahri) — yirik qorakoʻlchi boylardan biri. Oʻzbekistonda yersuv islohoti davrida (1925—26) Qizilqum yaylovlaridagi 50 ming bosh kuy va boshqa molmulklarini oʻz ixtiyori bilan sovet hokimiyatiga topshirgan. Biroq, shunga qaramasdan 1932-yilda qamalib, Orenburgga surgun qilingan. Oʻzbekiston SSR XKS raisi F.Xoʻjayevning aralashuvi bilan 1933-yilda Ch. surgundan kaytarilgan va unga Chorjoʻy viloyatidagi Dargʻonotada yashash uchun ruxsat berilgan. Ch. Romitan shahrida Zarafshon daryosi ustida hashamatli koʻprik (1911—14) va Xayrobod arigʻi boʻyida muhtasham klub (1924) qurdirgan. Oʻzbekiston istiqlolga erishgach, uning xoki Qoqishtuvon qishlogʻidagi Sazokli bobo (Hazrati Nasimiy) qabristoniga qayta dafn etilgan (1993). Qabri ustiga maqbara oʻrnatilgan.

Ad. .Halimov T., Sahovatli Choriqulboy, Buxoro, 1996.