Kontent qismiga oʻtish

Chortoq mineral suvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chortoq mineral suvi – shifobaxsh, hidsiz va rangsiz suv. Kimyoviy tarkibi boʻyicha sulfatxloridnatriyli, suvning minerallashganligi rN=7,2 bilan 2,6 g/l va tarkibida 14 mg/l kremniy kislotasi mavjud. Suvning temperaturasi 30°. Chortoq shahridan 7 km shim.sharkda Chortoqsoy sohilida „Chortoq“ sanatoriysi joylashgan. Bu yerda 1953-yil neogen yotqiziqdaridan tashkil topgan Chortoq strukturasida chuqur burgʻi quduqlari (ZOYU m gacha) yordamida mineral suv topilgan. Baktriya seriyasi konglomeratlarida 150– 500 m oraliqda 4 ta suv oʻtkazuvchi gorizont ochilgan, chuqurligi 507 m li burgʻi qudugʻi 1958-yil Fargʻona gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan qazilib, 1959-yilda foydalanishga topshirilgan. Burgʻi qudugʻining debiti (sarfi) 2 atm bosimda 7 l/sek atrofida. Ovqat hazm qilish organlari kasalliklarini davolashda ichish uchun foydali. Massaget seriyasi yotqiziqlaridan topilgan Chortoq mineral suvi esa, yuqori minerallashgan (60 g/l gacha), gipertermalli (trasi 72° gacha), xloridnatriykaltsiyli, kam radioaktivli, tarkibida yuqori darajada yod (19–48 mg/l) va brom (25 mg/l) boʻlgan gaz chikaruvchi azotli suv. Kimyoviy elementlar majmuasining uygunligiga koʻra, bu suv balneologik nuqtai nazaridan katta amaliy ahamiyatga ega. 1250–1550 m chuqurlikdagi massaget seriyasi yotqiziqlarida ochilgan, favvora boʻlib chikuvchi suvlar bazasida „Chortoq“ sanatoriysi faoliyat koʻrsatmoqda. Bu suv tayanchharakat organlari, poliartrit, meʼdaichak, ginekologik, spondilyoz, yurak, teri va boshqa kasalliklarni davolashda foydalanilmoqda. Chortoqning yodlangan mineral suvi nafaqat balneologik nuqtai nazaridan, balki sanoat uchun zarur boʻlgan yod ajratib olish obʼyekti sifatida ham ahamiyatga ega.

Mineral suv qayerdan olinadi? Chortoq – qariyb yarim asrlik tarixga ega mineral suv brendidir. Ichimlik suvini olish maqsadida 507 metr chuqurlikda 32-raqamli quduq ochilgan. Mazkur quduqda oddiy ichimlik suvi oʻrniga subtermal (+30oS) xlorid-sulfat-natriy tarkibiga ega mineral suv borligi aniqlandi. Quduqdan olingan mineral suv ikki marotaba faol koʻmir bilan tozalanadi, keyin uch bosqichda turli xil aralashmalardan xalos etiladi. Soʻngra ultrabinafsha nurlari bilan zararsizlantiriladi va uglevod ikki oksidi bilan boyitiladi. Buncra BV (Gollandiya) kompaniyasi va mahalliy taʼsischilarning sarmoyalari koʻmagida topilgan mineral suv manbayi asosida zavod qurishga qaror qilindi. Chortoq suvi, endilikda, 2016 yilda qurilib foydalanishga topshirilgan yangi yuqori texnologik zavodda ishlab chiqariladi. Soatiga 4 ming dona 0,5 litrlik shisha idishni qadoqlash quvvatiga ega ushbu zavodda 46 kishi faoliyat yuritadi. Chortoq Mineral Water MChJ qoʻshma korxonasi mineral ichimlik suvini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuqori talablarga javob beruvchi JK Engineering Co., Ltd. (Janubiy Koreya) uskunalari bilan jihozlangan.

Chortoq’ning foydali xususiyatlari qanday? Bu suv oshqozon-ichak tizimi, jigar, oʻt pufagi yoʻllari, oshqozonosti bezi hamda qandli diabet kabi xastaliklarni davolashda keng qoʻllanadi. Bundan tashqari, Chortoq suvi ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach va oshqozonga mexanik, termal va kimyoviy taʼsir koʻrsatadi. Shu tariqa oshqozon shirasi ajralishini yaxshilaydi. Maʼdanli suvning taʼsiri uning tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar va birikmalar (tuzlar va ionlar) tarkibi bilan belgilanadi. Chortoq shifobaxsh ichimlik suvini ham chanqoq qondirishda, ham uy sharoitida kasallikni davolash maqsadida ishlatish mumkin. Shifobaxsh maʼdanli suv shifokorlar tomonidan tavsiya etilganda bir necha omil hisobga olinadi: bemorning umumiy holati, kasallikning kechishi va xususiyatlari, oshqozon shirasitarkibidagi kislota miqdori. 32-sonli quduqning suvi tana vaznining har 3,5-4 ml hisobidan kuniga uch mahal buyuriladi (150-250 ml). Mineral suvni 50-100 ml miqdorida icha boshlab, dozani 2-3 kun davomida normaga yetkazish lozim.

Nima uchun yashil shisha idishda qadoqlanadi? Chortoq Mineral Water MChJ QK mineral suvni Yevropa standartlariga mos tarzida shisha idishlarga qadoqlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Ayni paytda idishning yangi dizayni yanada mukammal koʻrinishga ega boʻldi. Uning aynan yashil rangli shisha idishga quyilishi sababi suvni kuchli quyosh nurlari va boshqa tashqi salbiy taʼsirlardan himoyalash uchundir. Bundan tashqari, suv oʻz minerallarini uzoq vaqtgacha yoʻqotmaydi. Hattoki, gollandiyalik olimlar ham Chortoq suvini har kuni ichish kerakligini tavsiya qilmoqda.