Kontent qismiga oʻtish

Choshtepa

Koordinatalari: 39°01′44.6″N 66°48′37″E / 39.029056°N 66.81028°E / 39.029056; 66.81028
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Choshtepa
Shaharcha
39°01′44.6″N 66°48′37″E / 39.029056°N 66.81028°E / 39.029056; 66.81028
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Choshtepa xaritada
Choshtepa
Choshtepa

Choshtepa (ruscha: Чачтепа) – Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi chosh va tepa soʻzlarining birikishidan tarkib topgan. Chosh bu eski turkiychada xirmon qilingan joy, omborxonadagi bugʻdoy, arpa singari donli mahsulotlarning uyib tepa qilib qoʻyilgan holati, ustki qismi uchli, qirrali shaklda toʻplangan don-dunlar maʼnosida qoʻllanadi. Ochiq joylardagi tuproq, toshlardan uyum qilib hosil qilinadigan tepalik, doʻngliklar, tuproq uyumi yoki eski qoʻrgʻon qoldiqlarining usti tuproq bilan yopilgan doʻngligi Choshtepa deb ataladi. Choshtepalar odatda mudofaa va nazorat uchun barpo etiladi hamda shahar yoki qishloqdan uncha uzoq boʻlmagan hududda yoki qishloqlar oraligʻida quriladi.

Shunga koʻra, Choshtepa bu yasama, sunʼiy tuproqdan qilingan tepalik yaqinidagi qishloq, shaharcha maʼnosida qoʻllanadi[2].

Oʻxshash joy nomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasida bir nechaa tepaliklar Choshtepa nomi bilan ataladi (Qashqadaryo viloyati). Shuningdek shu nomdagi mahalla, guzar, metro bekati nomlari ham mavjud.

1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Oqtepa shaharchasida 3.4 ming nafardan ortiq inson yashagan. Bu 3 yil avvalgi hisob-kitob natijasidan 300 taga ortiqdir[3].

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, shaharchada tojik, qozoq, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari yashaydi.

Choshtepa shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,7° C ni tashkil etadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 0,8° C ga, eng past harorati esa —26° C ga teng. Iyul oyining oʻrtacha harorati 28° C, eng yuqori harorati 43° C.

Yogʻin miqdori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha hududiga yiliga oʻrtacha 545 mm miqdorida yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri – 219 kun davom etadi

  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 311-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 151-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.