Choshtepa koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Sergeli
Uzunligi 6 km
Kesishgan koʻchalari Yangi Sergeli Ko’chasi,Toshkent viloyatining Erkin qo’rgoni oralig'i
Koʻchada joylashgan binolar 11-poliklinika, yo’l-qurilish boshqarmasi, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, avtobazalar,maʼmuriy va shaxsiy turar joy binolari

Choshtepa koʻchasi — Sergeli tumani hududida, Yangi Sergeli koʻchasi bilan Toshkent viloyatining Erkin qoʻrgʻoni oraligʻida joylashgan. Uzunligi 6 km atrofida. Qadimiy karvon yoʻllaridan biri. Tarkibida 11 ta tor koʻcha va 3 ta berk koʻcha bor.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chor Rossiyasi davrida pochta yoʻli sifatida foydalanilgan. Keyinchalik Katta Oʻzbekiston traktining bir qismi boʻlgan. 1967-yil 17-oktyabrda yoʻnalishidagi tarixiy obida — Choshtepa nomi berilgan[1].

Binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻnalishida 11-poliklinika, yoʻl-qurilish boshqarmasi, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, avtobazalar, 2-jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga bagʻishlab oʻrnatilgan yodgorlik, „Shin-Don“ Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi, bir nechta kichik va oʻrta biznes subʼektlari, maʼmuriy va shaxsiy turar joy binolari va boshqalar joylashgan. Mustaqillik davrida koʻchada rekonstruktsiya ishlari olib borilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.