Christiane Endler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Christiane Endler
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Claudia Christiane Endler Mutinelli[1]
Tavallud sanasi 23-iyul 1991-yil (1991-07-23) (32 yosh)
Tavallud joyi Santiago, Chili[2]
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)[3]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lyon
Raqami 1

Claudia Christiane Endler Mutinelli (23-iyul 1991-yil) – chililik futbolchi, Fransiyaning Lyon klubi darvozaboni va Chili terma jamoasi sardori.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaligida u tennis, suzish, basketbol, voleybol va gimnastika bilan shugʻullangan[4]. U 10 yoshida Santyagodagi nemis maktabida tahsil olayotganda hujumchi sifatida futbol oʻynay boshlagan[4]. U Santyago Oriente bolalar jamoasida ham toʻp surgan[5].

2007-yilda maktab turnirlaridan biridan soʻng u 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa yigʻiniga chaqiruv oldi. Shu bilan birga, terma jamoa bosh murabbiyi Marko Kornes uni birinchi marta darvozaga qoʻydi[6].

2008-yilda u Chili chempionatida Union La Kalera uchun oʻynay boshladi[4]. 2008 va 2009-yillarda u Chilining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan[7][8].

2010-yilda u Everton Vina del Mar bilan shartnoma imzoladi. Jamoa bilan birgalikda u milliy chempionatning kumush medali sovrindori boʻldi va Chili kubogini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u Libertadores kubogining eng yaxshi darvozaboni va uchinchi marta Chilining eng yaxshi futbolchisi deb topildi[9].

2010-yilgi Libertadores kubogi final oʻyinidan soʻng u Santosdan shartnoma taklifini oldi, ammo Chilida qolishni tanladi va Colo-Cologa koʻchib oʻtdi[4]. Klub bilan u 2011-yilgi mavsumning Apertura va Klausura chempionligini qoʻlga kiritdi va Libertadores kubogi finaliga chiqdi.

2012-yilda u yana Colo-Colo bilan milliy chempionat gʻolibiga aylandi. Libertadores kubogining soʻnggi oʻyinida braziliyalik Foz Kataratasga qarshi oʻyindan keyingi seriyada u ikkita penaltini qaytarib, jamoasiga gʻalaba keltirdi.

2011-yil oktyabr oyida u Janubiy Florida universitetidan stipendiya taklifini qabul qildi[4]. 2012-yildan 2014-yilgacha u NCAA chempionatida kollej jamoasida oʻynadi.

Oʻqish paytida uni Chelsea ustozi Emma Xeys koʻrib qoldi va 2014- yilning aprel oyida klub bilan shartnoma imzoladi[10]. 2014 -yilgi Amerika kubogiga tayyorgarlik koʻrayotganda unga menisk yirtilgani tashxisi qoʻyilgan. Chelsea davolanish xarajatlarini toʻladi, ammo Endler tiklanganidan keyin klub bilan shartnomani uzaytirmadi[6].

2015-yilda u Colo-Colo[11] bilan shartnoma imzolab, Chiliga qaytib keldi. 2015-yilda klub bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi va Libertadores kubogining finaliga chiqdi, unda Chili klubi Ferroviariyaga yutqazdi. 2015-yil oxirida Endler toʻrtinchi marta Chilining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2016-yilda u Valensiya bilan shartnoma imzolab, Yevropaga qaytdi. U klub safida 23 ta oʻyin oʻtkazib, atigi 9 ta gol oʻtkazib yuborgan. U Ispaniya ayollar ligasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan darvozabonga berilgan Zamora kubogini qoʻlga kiritgan birinchi xorijlik futbolchi boʻldi.

2017-yil 5-iyulda u Parij Saint-Germanga koʻchib oʻtdi. 2017-yilda u beshinchi marta Chilining eng yaxshi futbolchisi sovrinini oʻziniki qildi[12].

2020/21-yilgi mavsumda u Fransiya chempionatining 22 oʻyinida 4 ta gol oʻtkazib yubordi va 1-divizionning eng yaxshi darvozaboni deb topildi va mavsumning ramziy jamoasiga kirdi[13]. 2021-yil 21-iyunda u Fransiyaning Lyon klubiga oʻtdi, uning shartnomasi 2024-yilning 30-iyuniga qadar[13].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chili Everton

  • Chili kubogi gʻolibi: 2010-yil

ChiliColo-Colo

  • Chili chempioni: 2011 (apertura), 2011 (klausura), 2012 (apertura), 2015 (apertura)
  • Libertadores kubogi gʻolibi: 2012-yil

FransiyaParij Saint-German

  • Fransiya chempioni : 2020/21[13]

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Chilida yilning eng yaxshi futbolchisi (6): 2008, 2009, 2010, 2015, 2017, 2018[13]
  • Fransiya chempionatining eng yaxshi darvozaboni: 2020/21[13]
  • UEFA Ayollar Chempionlar Ligasining mavsum jamoasi (2): 2019/20, 2020/21[14]
  • Fransiya chempionatining mavsum jamoasi: 2020/21[13]

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Oliver Kahnni oʻzining kumiri[15] deb ataydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Players – Chile“. FIFA (2008-yil 19-noyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-sentyabr.
  2. „Christiane Endler 16“. PSG.fr. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  3. „FIFA Women's World Cup France 2019: List of Players: Chile“. FIFA (2019-yil 27-may). 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 La atajada de Christiane
  5. „Endler: “Si vamos al Mundial, Chile está antes que Chelsea”“. latercera.com.
  6. 6,0 6,1 „Christiane Endler: De la liga inglesa al campeonato nacional“. 2018-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  7. „Círculo de Periodistas Deportivos premió a Fernando González como el "Mejor de los Mejores"“. cooperativa.cl.
  8. „Mejores deportistas 2009“. cooperativa.cl.
  9. „Listado de los Mejores Deportistas del año 2010 del Círculo de Periodistas Deportivos“. biobiochile.cl.
  10. „Chelsea ladies add keeper“. chelseafc.com.
  11. „Colo Colo confirmó retorno de Christiane Endler al equipo femenino“. cooperativa.cl.
  12. „Círculo de Periodistas Deportivos eligió a los mejores de cada disciplina“. cooperativa.cl.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 „ENDLER, BRUUN, AND VAN DE DONK JOIN OLYMPIQUE LYONNAIS. DEAL AGREED WITH MORRONI“ (en). ol.fr. Lyonnais FC rasmiy sayti]] (2021-yil 21-iyun). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  14. „Команда сезона в женской Лиге чемпионов“ (ru). uefa.com. Официальный сайт УЕФА (2021-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 27-may.
  15. BIOGRAPHY[sayt ishlamaydi]