Christopher Strachey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kristofer S. Strachey (/ˈstreɪtʃi/; 1916-yil 16-noyabr – 1975-yil 18-may) ingliz kompyuter olimi boʻlgan.[1][2] U denotatsion semantika asoschilaridan biri, dasturlash tilini loyihalovchilardan biri boʻlgan.[3] U video o'yinning ilk ishlab chiqaruvchisi sifatida ham e'tirof etilgan. U Strachey oilasining a'zosi bo'lib, hukumat, san'at, ma'muriyat va akademiyada taniqli edi.

Bolaligi va ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristofer Strachey 1916-yil 16-noyabrda Angliyaning Xempsted shahrida Oliver Strachey va Reychel Kostello oilasida tug‘ilgan. Otasi Oliver Strachey 1-baronet ser Genri Stracheyning nevarasi edi. Uning opasi yozuvchi Barbara Strachey edi. 1919 yilda oila 51 Gordon maydoniga ko'chib o'tdi. 13 yoshida Kristofer Xolt Gresham maktabiga boradi. 1935 yilda u Kembrijdagi King's kollejiga (Alan Tyuring bilan bir xil kollej) qabul qilindi va u yerda o'qishni e'tiborsiz qoldirdi. Strachey matematikani o'rgangan va keyin fizikaga o'tgan. Kembrijdagi uchinchi kursining oxirida Strachey shaxsiy hayotidagi muammolar tufayli qattiq tushkunlikka tushib qoladi va o'qishida qoniqarli natijalar ko'rsata olmay qoladi.[4]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ta'limni davom ettira olmagan Kristofer Standard Telephones and Cables (STC) kompaniyasiga tadqiqotchi fizik sifatida ishlashni boshlaydi. Uning birinchi ishi radarda ishlatiladigan elektron naychalarni loyihalash uchun matematik tahlillarni taqdim etish edi. Hisob-kitoblarning murakkabligi differentsial analizatordan foydalanishni talab qildi. Hisoblash mashinasi bilan bo'lgan bu dastlabki tajriba Stracheyning qiziqishini uyg'otdi va u ushbu yo'nalishda chuqurroq iizlanishlar qila boshladi. Kembrij universitetida ilmiy daraja olish uchun topshirgan arizasi rad etilgach, Strachey Ikkinchi Jahon urushi davomida STCda ishlashda davom etdi. Urushdan keyin u Kenterberidagi Sent-Edmund maktabida o'qituvchi bo'lib, matematika va fizika fanlaridan dars beradi. Uch yildan so'ng u 1949 yilda nufuzli Xarrou maktabiga ko'chib o'tishga muvaffaq bo'ldi va u yerda ham uch yil faoliyati yuritadi.

1951 yil yanvar oyida bir do'sti uni Milliy Fizika Laboratoriyasidan (NPL) Mayk Vudger bilan tanishtirdi. Laboratoriya Alan Tyuringning Avtomatik hisoblash dvigatelining (ACE - avtomatik hisoblash dvigateli) qisqartirilgan versiyasini qurishga muvaffaq bo'ladi. Bo'sh vaqtida Strachey shashka o'yini uchun dastur ishlab chiqdi, u 1951 yil may oyida dastlabki versiyasini tugatdi. Ushbu shashka o'yini dasturi Pilot ACE(avtomatik hisoblash dvigateli) xotirasini butunlay charchatdi. Loyiha birinchi marta 1951-yil 30-iyulda NPLda taqdim qilindi qildi, ammo dastur xatolari tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.[5] Strachey xotirasi ancha katta bo'lgan Manchester Mark 1 (kompyuter) haqida eshitgach, u o'zining sobiq hamkasbi Alan Tyuringdan qo'llanmani so'radi va taxminan 1951 yil oktyabrida o'z dasturini ushbu kompyuterning ishlash kodlariga mos ravishda o'yin dasturladi. 1952 yilning yozida, ushbu dasturni o'rtacha tezlikda o'ynash imkoni paydo bo'ldi.[6]U birinchi video o'yin bo'lishi mumkin bo'lgan ushbu o'yinga nom bermagan bo'lsa-da, Noa Uordrip-Fruin uni "M.U.C. Drafts" deb atadi.[7]

Strachey kompyuter tomonidan ijro etilgan birinchi musiqani ham dasturlashtirgan; 1951 yil Mark II Manchester elektron kompyuterida Britaniya Davlat madhiyasi - "Xudo shohni asrasin" ijro etildi.

1959 yilda Strachey bir qancha tashkilotlarda keng ko'lamli loyihalarda ishlaydigan kompyuter maslahatchisi bo'ldi. Bu ish kompyuterlar uchun mantiqiy dizaynni, avtokodni va keyinchalik yuqori darajadagi dasturlash tillarini loyihalashni o'z ichiga oladi.

Aynan o'sha yilda u vaqtni taqsimlash kontseptsiyasini ishlab chiqdi.[8] Fevral oyida Parijda bo'lib o'tgan YUNESKOning axborotni qayta ishlash bo'yicha birinchi konferentsiyasida "Katta tezkor kompyuterlarda bir vaqtda ma'lumot almashish" mavzusida ma'ruza qildi va u kontseptsiyani J. C. R. Likliderga topshirdi.[20][21] U birlashgan dasturlash tilini (CPL) ishlab chiqdi.[9] Uning ta'sirchan ma'ruza yozuvlari to'plami "Dasturlash tillarida asosiy tushunchalar" L- va R- qiymatlari o'rtasidagi farqni rasmiylashtirdi (C dasturlash tiliga oid).

U Ferranti Pegasus kompyuterining dizaynini ishlab chiqishda muhim rol o'ynagan.

Strachey Ferranti Mark 1(elektron kompyuter) uchun eng birinchi video o'yinlardan biri hisoblangan shashka o'yinining boshqa versiyasini yaratdi. Makro tili m4 ko'p jihatdan Strachey's GPM (General Purpose Macrogenerator) dan olingan bo'lib, u eng qadimgi makro kengaytirish tillaridan biridir.

1962-yilda Kembridj universtiteti, 1965 yilda Strachey Oksford universitetida Dasturlash tadqiqot guruhining birinchi direktori va keyinchalik universitetning kompyuter fanlari bo'yicha birinchi professori va Oksforddagi Wolfson kollejining ilmiy xodimi lavozimiga qabul qilindi.

Strachey 1971 yilda kompyuter fanlari sohasidagi tashabbuskorlilklari uchun Britaniya Kompyuter Jamiyatining taniqli a'zosi etib saylangan.

1973 yilda Strachey (Robert Miln bilan birga) Adams mukofoti tanloviga taqdim etiladigan insho yozishni boshladi, shundan so'ng ular uni kitob shaklida qayta ko'rib chiqish ustida ishlashni davom ettirdilar.

Strachey 1975 yil 18 mayda yuqumli gepatitdan vafot etdi.[8]

Meros[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil noyabr oyida Oksford universitetida Strachey tavalludining 100 yilligini nishonlash maqsadida Strachey 100 tadbiri boʻlib oʻtdi,[10] jumladan, Oksforddagi Veston kutubxonasidagi Kristofer Strachey arxiv kolleksiyasida saqlanadigan.

  1. „Christopher Strachey“ (1998). 2022-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  2. „Artificial intelligence“ (1998-yil 1-iyul). 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  3. The compatible time sharing system. 
  4. „Christopher Strachey Biographical note“ (2003). 2022-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  5. „Computer Games in 1950s“ (2014). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  6. „What is artifical intelligence“ (2000). 2023-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „How Pac-man eats“ (2020). 2023-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 „Christopher Strachey“ (2013). 2023-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  9. „How the Web was born“ (2000). 2023-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Strachey 100“ (2016). 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.