Kontent qismiga oʻtish

Christy Walton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kristi Uolton
Christy Walton
Tavalludi 31-avgust 1955-yil (1955-08-31) (69 yosh)
Fuqaroligi AQSH
Turmush oʻrtogʻi John Walton (marhum)
Otasi Sam Walton (qaynotasi)

Christy Walton (qizlik familiyasi Tallant; talaffuzi: Kristi Rut Uolton; 1949-yil 8-fevralda tugʻilgan) – Walmart asoschisi Sem Uoltonning oʻgʻillaridan biri John T. Waltonning bevasi.

2005-yil iyun oyida uning eri samolyot halokatida vafot etgandan soʻng, boyligining asosiy merosxoʻriga aylangandi[1]. Forbes bir necha yil davomida uni dunyoning eng boy ayoli sifatida qayd etdi[2]. Uning sof boyligi 2015-yil mart oyida 41,7 milliard dollarga baholangan. Uning asosiy qismi Walmartdagi ulushlaridan, shuningdek, eri sarmoya kiritgan First Solar shirkatidan kelgan[2]. 2015-yil noyabr oyida erining boyligining asosiy qismi oʻgʻli Lukas Uoltonga oʻtkazilgan[3].

Condé Nast Portfolio jurnali tomonidan taqdim etilgan The Giving Index reytingida u eng yaxshi xayriyachi ayol sifatida qayd etilgan. Oʻsha paytdagi sof boyligi 16,3 milliard dollarga baholangan boʻlib, 2002 va 2006-yillar davomida jami 3,5 milliard dollar hissa qoʻshgan[4].

Uolton faol ishlayotgan notijorat tashkilotlariga vasiylar va xodimlarning milliy assotsiatsiyasi, korporativ xayriya xodimlari va xayriya davrasining individual donorlari kiradi. U boshqarma aʼzosi boʻlgan San-Diego Tabiiy tarix muzeyi, shuningdek, San-Diego zoologiya jamiyati va Mingei xalqaro muzeyi ham u xayr-ehson qiladigan muassasalardandir[5]. 1896-yilda Kaliforniya shtatidagi sobiq National City mulkini Xalqaro xayriya markaziga sovgʻa qildi. Jamgʻarmaga imoratni saqlab turish uchun 4 million dollar berdi[5].

  1. „WalMart heir dies in plane crash“. Fox News. Associated Press (2005-yil 28-iyun). 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
  2. 2,0 2,1 Dolan, Kerry A.. „The Richest Women In The World 2015“. Forbes (2015-yil 2-mart). Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  3. „A Wal-Mart Heir Is $27 Billion Poorer Than Everyone Thought“. Bloomberg (2015-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  4. Christy Walton Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh..
  5. 5,0 5,1 Christy Walton Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh..