Kontent qismiga oʻtish

Chuang Shuk-kwan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chuang Shuk-kwan
張竹君

Chuang 2020-yildagi matbuot anjumanida
Tavalludi 11-iyul 1967-yil (1967-07-11) (57 yosh)[1]
Fuqaroligi Xitoy
Taʼlimi Gonkong universiteti tibbiyot fakulteti
Kasbi Shifokor
Turmush oʻrtogʻi Charles Yu Ngok-fung
Bolalari 2 ta

Chuang Shuk-kwan (Xitoycha: 張竹君, 1967-yil 11-iyulda tugʻilgan) – Gonkonglik sogʻliqni muhofaza qilish departament aʼzosi[2]. Hozirda Gonkongdagi Sogʻliqni saqlashni muhofaza qilish markazining Yuqumli kasalliklar boʻlimi rahbari sifatida faoliyat yuritadi. U hukumatga COVID-19 pandemiyasi davrida yordam bergan shifokorlar orasida yetakchi rol oʻynagan. 2020-yil yanvardan 2022-yil sentabrgacha aholi orasida 700 ga yaqin brifinglar oʻtkazib, kasallikka qarshi ommaviy kurash choralarini tadbiq qilgan. Bu ishlari bilan xalq orasida sabr-toqatli, ochiqchasiga gapiruvchi va ishontiruvchi deya maqtovlarga sazovor boʻlgan[3][4][5].

Chuang dastlabki taʼlimni Tsuen Wan davlat oʻrta maktabida olgan va 1991-yilda Gonkong universitetining tibbiyot fakultetida oʻqishni bitirgan. Keyinchalik, u bir qator ilmiy va kasbiy malakalarga erishgan, jumladan, London Qirollik shifokorlar kolleji, pediatriya boʻyicha diplomlarni olgan. Gonkong-Xitoy universiteti Profilaktika yoʻnalishida tibbiyot magistrligi, Qirollik shifokorlar kolleji jamoat salomatligi akademigi unvonlari, Gonkong jamoat tibbiyot kolleji va Gonkong tibbiyot akademiyasi aʼzoligiga erishdi[6].

Chuang 1993-yildan boshlab Gonkong Sogʻliqni saqlash departamentiga aʼzo boʻldi. 2004-yilda Sogʻliqni saqlashni muhokama qilish markazida ishlab boshlaydi. Dastlabki ish kunlarida u bosh ijtimoiy tibbiyot hodimi, kuzatuv va epidemiologiya boʻlimining bosh shifokori boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 2007-yilda Chuang maslahatchi shifokor lavozimini egallagan[7].

Chuan Charles Yu Ngok-fung (Xitoycha:余岳鋒) bilan turmush quradi. Turmush oʻrtogʻi ogʻiz boʻshligʻi va tish-jagʻ shifokori boʻlgan. Ularning ikki nafar qiz farzandlari bor[8]. 2010-yilda Chuanning turmush oʻrtogʻiga miya shishi tashhisi qoʻyilgan va u juda koʻplab operatsiyalarni boshdan oʻtkazgan[9][10]. 2020-yilda miya jarrohligi uchun Wales shahzodasi kasalxonasiga yotqizilgan. 2020-yil 6-dekabrda Charles Yu Ngok-fung miya saratonidan vafot etgan[11][12].

  1. Staff List, Hong Kong Government, J. R. Lee, Government Printer, 1996 p 238
  2. „Centre for Health Protection, Department of Health - Communicable Disease Branch“ (en). www.chp.gov.hk. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  3. The Public Face of the Coronavirus Fight (Wayback Machine saytida 2022-02-21 sanasida arxivlangan), EJ Insight 6 May 2020
  4. Hamlett, Tim „Straight talk: Why Chuang Shuk-kwan's performances at Hong Kong's Covid-19 press conferences were worthy of praise“ (en-GB). Hong Kong Free Press HKFP (2022-yil 2-oktyabr). 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  5. „CHP's Chuang Shuk-kwan wishes HK well as she counts 5,190 cases at final daily Covid briefing“ (en). The Standard (2022-yil 24-sentyabr). 2022-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  6. „Centre for Health Protection, Department of Health – Communicable Disease Branch“. www.chp.gov.hk. Archived from the original on 2022-07-06. Retrieved 2022-10-02.
  7. 李八方.. „醫生女主播上位“ (zh). 蘋果日報 (2007-yil 6-mart). 2020-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  8. „【有心醫生夫婦】張竹君丈夫病逝 同為醫生熱心助人 教友、病人惋惜稱許「大好人」“. 眾新聞 (2020-yil 7-dekabr). 2020-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.
  9. „夫腦瘤命危 張竹君連月奔波威院“. 蘋果日報 (2020-yil 1-noyabr). 2020-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  10. „消息指張竹君丈夫病重 威院深切治療部留醫“. 香港01 (2020-yil 1-noyabr). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  11. „張竹君丈夫醫生不敵腦癌 搏鬥1年病逝“. 蘋果日報 (2020-yil 6-dekabr). 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  12. Shum, Michael „Chuang back to work after loss“ (en). The Standard (2020-yil 8-dekabr). 2020-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.