Kontent qismiga oʻtish

Chulim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chulim
Tavsif
Uzunligi 1 799
Maydoni 134 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Chulim

Chulim — Sibir (RF Krasnoyarsk oʻlkasi va Tomsk viloyati) dagi daryo. Ob daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 1799 km, havzasining maydoni 134 ming km². Kuznetsk Olatovidan boshlanuvchi Beliy va Chyorniy Iyus daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 785 m³/sek. Oktyabr— noyabrda muzlab, aprel— mayda muzdan boʻshaydi. Yirik irmoqlari oʻngdan: Kemchug , Chichkayul; chapdan — Kiya, Serej, Uryup, Yaya. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 1173 km masofada kema qatnaydi. Chulim boʻyida Nazarovo, Achinsk, Asino shaharlari joylashgan.