Kontent qismiga oʻtish

Cinderella, or the Little Glass Slipper

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Cinderella, or the Little Glass Slipper
Muallif(lar) Marcia Brown
Bezovchi(lar) Marcia Brown
Mamlakat AQSh
Janr(lar)i Bolalar adabiyoti
Nashriyot Scribner Press

Cinderella, or the Little Glass SlipperMarcia Brown muallifligidagi suratli kitob. Scribner Press nashriyotida bosmadan chiqqan. Kitob Charles Perrault tomonidan yozilgan Zolushka hikoyasining yangicha talqini hisoblanadi. Yozuvchi 1955-yilda kitobdagi illyustratsiyalar uchun Caldecott Honor mukofotini qoʻlga kiritgan[1].

Beva qolgan bir kishi ikki qizi bor kibrli ayolga uylanadi. Ayol va ikki qizi erkakning muloyim va chiroyli qizidan nafratlanadi. Qizni Zolushka deb atashadi va shafqatsiz munosabatda boʻlishadi. Zolushkaga har doim uy ishlarni bajarishni buyurishadi. Hattoki, u chodirda uxlashga majbur boʻladi.

Bir kuni shahzoda qirollik ziyofatini oʻtkazishni rejalashtiradi. Ziyofatga qirollikdagi barcha xonimlarni taklif qilishlarini buyuradi. Zolushka ham ishtirok etishni xohlaydi. Lekin oʻgay onasi uni butun uyni tozalash uchun uyda qolishga majbur qiladi. Zolushka oʻgay opalari ziyofatga ketayotganda kayfiyati tushib ketadi. Biroz vaqt oʻtib, bir farishta paydo boʻladi va sehr orqali Zolushkaga yordam beradi. Farishta sichqonlar, kaltakesaklar va kalamushlarni foytun uchun otlar va yoʻlboshchilarga aylantiradi. Zolushka uchun bejirim koʻylak va billur tufli yaratadi. Ammo bu sehr yarim tunda oʻz kuchini yoʻqotishi sababli, Zolushkaga sehr tugashidan oldin uyga qaytishini aytadi.

Zolushka ziyofatga kirganda hamma, ayniqsa, shahzoda hayratda qoladi. Shahzoda uni hech qachon koʻrmagani uchun alohida eʼtibor qaratadi. Zolushka shahzoda bilan raqsga tushar ekan, vaqtni unutadi. Yarim tunda soat bong urganda, Zolushka shahzodadan qochib, tasodifan billur tuflisini tushurib qoldiradi. Shahzoda tuflini topib oladi va oyogʻiga loyiq keladigan qizga uylanishga vaʼda beradi. Zolushka uyga kelishi bilan sehr oʻz kuchini yoʻqotib, hamma narsa asl holiga qaytadi. Lekin billur tufli avvalgidek qoladi.

Ertasi kuni oʻgay opa-singillar unga shahzoda ziyofatda koʻrgan nomaʼlum xonimni sevib qolganligini aytishadi. Shahzoda uyma-uy yurib, kimga billur tufli mos kelishini tekshiradi va nihoyat, Zolushkaning uyiga yetib boradi. Oʻgay opa-singillar billur tuflini kiyishga harakat qilishadi, ammo harakatlari hech qanday samara bermaydi. Soʻng, Zolushka sinab koʻradi va tufli unga loyiq keladi. Bir necha kundan keyin, shahzoda vaʼda qilinganidek Zolushkaga uylanadi. Zolushka oʻgay opalarining oʻtmishdagi shafqatsizliklarini kechiradi.

  1. American Library Association: Caldecott Medal Winners, 1938 — Present. URL accessed 27 May 2009.